Toshkent davlat yuridik universiteti ham 14 kunga masofaviy ta’limga o‘tadi



Toshkent davlat yuridik universiteti 10-maydan masofaviy ta’limga o‘tadi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, respublikadagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda talabalarni asrab-avaylash, kasallikdan saqlash maqsadida universitet 14 kunga onlayn ta’limga o‘tmoqda.

Onlayn darslar distant.tsul.uz masofaviy ta’lim platformasi orqali olib boriladi.

Avvalroq Toshkent moliya instituti 6-maydan 20-maygacha, Samarqand davlat chet tillar instituti esa o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’limga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Undan avval talabalar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli yana uchta — Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm xalqaro universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 5-may kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 452 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: universitet, Davlat, masofaviy, toshkent, yuridik, o‘tadi, Ta’lim, kun, 14
Просмотров: 483 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz