Fotih Nasimov: “Hilol Nasimovning o‘g‘li bo‘lish qiyin!”


Yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining salmoqli rollari bilan bugun xalq nazariga tushgan aktyor Fotih Nasimovni tahririyatimizga tashrifidan foydalanib, suxbatga chorladik. Aktyordan otasi va professional sohadaga hamkasbi, rejissyor Hilol Nasimov bilan ota-bola munosabatlari to‘g‘risida to‘xtalishini so‘radik. Fotih bu mavzuda ochiq gapirdi...
- Fotih aytingchi, Hilol Nasimovning o‘g‘li bo‘lish osonmi?
-  Qiyin! Chunki bu insonga munosib farzand bo‘lishingiz kerak. Bu esa o‘ziga yarasha mas’uliyat talab etadi. O‘zingizni tutishingizdan tortib, fikrlashingizgacha xalq kuzatuvida bo‘ladi... Xalq ardog‘idagi odamning farzandimimsiz, shunga yarasha yurishingiz kerak. Boshqalarga namuna bo‘lishingiz shart! Doim dadamga munosib farzand bo‘lishga xarakat qilaman.
-  Hilol aka qattiqo‘l rejissyor ekanligi bizga ma’lum, u oilada qanday ota?
-  Mexribon inson. Shu bilan birga juda talabchan! Har soxani tushunganlari uchun bizdan har sohada maslaxatlarini ayamaydilar. Ota farzandi uchun nimani qilishi kerak bo‘lsa ba’rini qiladi. Ovga, oilaviy aylanish va dam olishlarga birga chiqamiz.
- San’at sohasidagi otalar odatda farzandlariga ko‘p vaqt ajratolmaydi...
- Bizda aksincha. Kichkinaligimdan hatto xizmat safarlariga birga olib yurardilar. Shu qadar yaqin bo‘lganmizki, ulardagi san’atga bo‘lgan muxabbat qon-qonimizga singib ketgan. Men bugun san’at bilan yashayman, nafas olaman.
-  Fikringizni aytishga kelgandachi, erkin ayta olasizmi?
-  Ha, dadam bilan do‘st kabi muloqotda bo‘lamiz. Ayrim tengqurlarim o‘zini qiynayotgan sirini birovga do‘sti yo‘qligi uchun ham aytolmay yuradi. Men esa dadam bilan har qanday masalada bemalol maslaxatlasha olaman. Oddiy maishiydan tortib jiddiy narsagacha biz otam bilan hamfikrmiz. Shu jihatlari menga yoqadi va bu biz o‘g‘illarini omadimiz bo‘lsa kerak.
- Ijro etgan rollaringiz uchun maqtov eshitasizmi?
- Albatta. Ular kerak joyda bizga tanbeh ham berishlari, zarur bo‘lganda esa ruhlantirishlari mumkin.   
Yodgorbek YuKSAL


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Hilol Nasimov, Fotih Nasimov
Просмотров: 2339 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz