23-oktabr kuni Hilol Nasimovning “Ajal jodusi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi


23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Vatan” kinostudiyasida suratga olingan o‘tkir syujetli drama janridagi “Ajal jodusi” badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
2014-yilning dekabr oyida ishlab chiqarishga tushirilgan mazkur filmni suratga olish ishlari Toshkent viloyatining Chorvoq va So‘qoq hududlarida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasida amalga oshirildi.
Rejissor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan ushbu filmda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan noqonuniy migratsiya va uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar – qonunni chetlab o‘tgan holda, xorijiy mamlakatga borib, noqonuniy mehnat muhojiriga aylangan shaxslarning mashaqqatli mehnati, huquqsizlikdagi og‘ir hayoti va ba’zan ayanchli tugayotgan qismati haqida hayotiy misollar asosida, ta’sirchan yo‘sinda hikoya qilinadi.
Dabdabali to‘y qilib, qarzga botgan oila a’zolari jiddiy muammoga duch keladi. Oqibatda ota va uning ikki o‘g‘li pul topish ilinjida mavjud qonun-qoidalarni chetlab o‘tib, noqonuniy tarzda xorijga ishlash uchun yo‘l oladi. Ammo ular o‘zga yurtda huquqsizlikda yashab, ayanchli voqealarni boshdan kechirishga majbur bo‘ladi. Ana shunday sargardonliklar oqibatida ota vafot etadi.
Filmda Muyassar Berdiqulova, Shirin Ismoilova, Bahodir Murodov, Shohruh Nasimov, Fotih Nasimov va boshqalar rol ijro etgan.
Rejissor Hilol Nasimov bungacha ham ijtimoiy buyurtma asosida “Aldangan ayol”, “Tubanlik”, “Odnoklassniki.ru”, “Gumrohlar” kabi filmlarni suratga olgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Ajal jodus, Hilol Nasimov, bo‘lib o‘tadi, film, Premyera, 23-oktabr
Просмотров: 1696 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:53
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz