GM Uzbekistan’ning Xorazm filialida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.   Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— 2013-yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan 7 mingga yaqin ish o‘rni ochildi, — deydi markaz rahbari Qozibek Yoqubov. — Ish bilan ta’minlanganlarning 50 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. 2014-yilda GM Uzbekistan yopiq aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filialida 1059 yangi ish o‘rni yaratilishi hisobidan bu ko‘rsatkich 8 000 dan oshishi kutilmoqda.

Hamkor tashkilotlar bilan mehnat yarmarkalari o‘tkazish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga qulay bo‘lishi uchun bunday tadbirlarni ta’lim muassasalarining o‘zida tashkil etish rejalashtirilgan.

Bir qator manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining uch tomonlama shartnoma tuzishlari ta’minlanmoqda. Joriy yilda ham 3600 nafar bitiruvchining qiziqishi, qobiliyati, oilaviy sharoiti, jismoniy imkoniyati hisobga olingan holda mehnat jamoalariga yo‘llanmalar berilgan.



Категория: AVTO OLAM | Теги: GM Uzbekistan
Просмотров: 2022 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz