Ravon Nexia 2016-yilning ikkinchi choragidan seriyalab ishlab chiqariladi


“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Rossiya va MDH mamlakatlaridagi o‘z mavqeini saqlab qolish, savdo hajmini oshirish maqsadida bir qator tadbirlarni olib bormoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Kompaniya matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2016-yilning ikkinchi choragidan T250 modeli bazasidagi yangi Nexia (Ravon Nexia) seriyalab ishlab chiqariladi va eksport qilinishi boshlanadi.
Matiz avtomobili esa avtomatik transmissiya, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi, kunduzgi chiroqlar, navigatsiya tizimi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, dvigatel hajmi 1,25 litr bo‘lgan, avtomat uzatmalar qutisi bilan hamohanglikda ishlaydigan M300 (Spark) modelini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, shuningdek, eksport uchun ishlab chiqarilayotgan barcha yengil avtomobillarga ERA-GLONASS tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.
“Rossiyaning yirik shaharlaridagi Chevrolet’ning yetakchi dilerlarini GM Uzbekistan savdo tarmog‘iga jalb etish bo‘yicha katta miqyosda ish olib borilmoqda”, — deyiladi kompaniya axborotida.
GM Uzbekistan’ning asosan Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan yangi brendi — Ravon’ning taqdimoti 2015-yil oktabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya nashrlari 2016-yil bahoridan yangi Nexia Rossiya avtosalonlariga yetkazib berilishi haqida yozgandi.
2015-yilning dekabr va 2016-yilning yanvar oyida Andijon va Toshkent ko‘chalaridasinovdan o‘tkazilayotgan Ravon Nexia suratlari paydo bo‘ldi, fevralda esa “O‘zavtosanoat” GM Uzbekistan’da yangi avtomobilni ishlab chiqarish uchun so‘nggi sozlash va montaj ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq, “O‘zavtosanoat” eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida Dubayda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar taqdimotini o‘tkazgani, Misr, Gabon, Madagaskar kabi mamlakatlarga sinov tariqasida avtomobillar yetkazib berganihamda Iroq, Liviya, Nigeriya kabi mamlakatlarga avtomobil eksport qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Категория: AVTO OLAM | Теги: Ravon Nexia, GM Uzbekistan
Просмотров: 2833 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz