Hindistonda 7 dollarlik smartfon taqdim etiladi


Hindistonning Ringing Bells kompaniyasi 500 rupiya (7 dollar)lik smartfon chiqaradi, deya xabar bermoqda Mashable. Qurilma mamlakatdagi eng arzon smartfonga aylanadi, uning matbuot uchun taqdimoti bugun, 17-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Gadjet Freedom 251 deb nomlangan bo‘lib, 3G modeli bilan jihozlangan. Qolgan xususiyatlari haqida xabar berilmayapti.

Qurilmani ishlab chiqarishga chet eldan keltirilgan butlovchi qismlar jalb etiladi, biroq smartfon “Hindistonda ishlab chiqarilgan” davlat dasturi doirasida mamlakat hududida yig‘iladi.

Ayni paytda Hindistondagi eng arzon smartfonlarni 1500 rupiya (22 dollar)dan 2000 rupiya (29 dollar)gacha bo‘lgan narxda topish mumkin.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: smartfon, Hindiston
Просмотров: 1286 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:13
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz