Hindistonda koronavirusdan kunlik o‘lim bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Hindistonda so‘nggi 24 soat ichida 3780 kishi koronavirusdan vafot etdi, bu dunyo miqyosidagi yangi rekord, deb yozadi Reuters.

O‘tgan kun davomida mamlakatda yana 382 315 kishida COVID-19 qayd etildi.

Pandemiya boshidan beri Hindistonda infeksiya yuqtirganlarning umumiy soni 20 milliondan oshdi, 226 188 kishi kasallikdan vafot etdi. 3-may kuni mamlakatda infeksiyadan kunlik o‘limlar ko‘pligi bo‘yicha rekord o‘rnatilgandi. O‘sha kuni 3689 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Jons Hopkins universiteti statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Hindiston, kunlik, Koronavirus, rekord, o‘lim, Yangi
Просмотров: 2519 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz