La Liga. “Barselona” yakka peshqadamga aylandi, “Atletiko” esa autsayderdan mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 37-tur bellashuvlari yakunlandi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” klubi oltin medallar masalasini xavf ostida qoldirdi.

La Liga bilan xayrlashib bo‘lgan “Levante” maydoniga safar uyushtirgan “Atletiko” 2-daqiqadayoq hisobni ochishiga qaramay, yakunda ikkita gol o‘tkazib yubordi. Shu tariqa, Yevropa Chempionlar Ligasining finalida to‘p suradigan jamoa, La Liga chempioni bo‘lish masalasini so‘roq ostida qoldirdi.

“Atletiko”ning ochko yo‘qotishi “Barselona”ni yakka peshqadamga aylantirdi. “Espanyol” darvozasini javobsiz besh bor ishg‘ol qilgan Luis Enrike jamoasi so‘nggi turni “Granada” maydonida o‘tkazadi. Ehtimoliy g‘alaba “Barselona”ni mamlakat chempioniga aylantiradi.

Krishtianu Ronaldu hamda Karim Benzemaning qaytishi evaziga 37-turda “Valensiya”ni mag‘lub etgan Madridning “Real” klubi turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Barselona”dan 1 ochko kamroq to‘plagan Zidan jamoasi 38-turni “Deportivo” maydonida o‘tkazadi.

37-turda yana bir qator yetakchi klublar mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Jumladan, “Sevilya” o‘z maydonida autsayderdan yirik mag‘lubiyat qabul qilib, “Levante”ni La Ligada olib qolish uchun qarashib yubordi. “Vilyarreal” esa o‘z maydonida “Deportivo”ga qarshi hech narsa qila olmadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Barcelona
Просмотров: 1273 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:26
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz