Suares bir mavsum davomida “Barselona”da kiritilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldodan o‘zib ketdi


Barselona” hujumchisi Luis Suares “Deportivo”ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida to‘rtta gol urib, bir mavsumda kiritilgan gollar soni bo‘yicha kataloniyaliklar sobiq hujumchisi Ronaldodan o‘zib ketdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Braziliyalik Ronaldo 1996/97-yilgi mavsumda “Barselona”ning barcha turnirlarida 47 ta gol kiritgan edi. Suares esa ushbu mavsumdagi gollari sonini 49 taga yetkazib oldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lib, 2011/12-yilgi mavsumda u “Barselona”ning barcha musobaqalarida 73 ta gol kiritgan.

“Sports.ru” nashrining xabar berishicha, “Deportivo” bilan o‘yinda urugvaylik futbolchi 4 ta golga mualliflik qilishdan tashqari Ivan Rakitich, Lionel Messi va Neymarga golli uzatma berib, “gol+pas” tizimida yetti ochko ishlab oldi. Bu ko‘rsatkich bilan Suares XXI asrda Primeraning bitta o‘yinida yettita golda ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Barcelona, Suares
Просмотров: 1155 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz