Microsoft kompaniyasi Windows XP’dan voz kechgan foydalanuvchilarga 50 dollar taqdim etadi

Microsoft kompaniyasi Windows XP’dan Windows 8 operatsion tizimiga o‘tishni rag‘batlantirish maqsadida promo-kampaniya o‘tkazishni boshladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Microsoft Store onlayn-do‘konida Windows XP foydalanuvchilariga tizim texnik ko‘magi to‘xtatilishi haqida eslatma berilib, yangi kompyuterni chegirma bilan sotib olish taklif qilinmoqda. Noutbuk, planshet va monobloklarning bir necha xil turlari 279 dollardan 1199 dollargacha narxda sotilmoqda. Barcha qurilmalarga sensorli ekranlar uchun mo‘ljallangan Windows 8 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Kompyuterga chegirmadan tashqari, xaridorlar 90 kun davomida yangi kompyuter bo‘yicha konsultatsiya xizmatidan bepul foydalanishi mumkin. Shuningdek, Laplink kompaniyasi bilan hamkorlikda foydalanuvchilarga "bulut servesi” yordamida fotosurat, video va boshqa kontentlarni bepul ko‘chirish imkoni beriladi. Xaridorlarga 50 dollarlik sovg‘a sertifikati ham topshiriladi. Biroq uni faqat Amerikaning Microsoft Store do‘konida ishlatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 8-aprelda Windows XP operatsion tizimi va Office 2003 ofis dasturlari paketi texnik yordami to‘xtatiladi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: windows 8, Windows XP, microsoft
Просмотров: 1282 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz