Moskvada “O‘zbek oshxonasi kuni” bo‘lib o‘tdi

Moskvada har oyda o‘tkaziluvchi "Dunyo xalqlari milliy oshxonasi kunlari” doirasida "O‘zbek oshxonasi kuni” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi hamkorligida Moskva meriyasi tomonidan tashkillashtirildi, deyaxabar beradi "Jahon” axborot agentligi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning qulay iqlimi, aholi hayot tarzining to‘g‘riligi hamda ekologik toza mahsulotlar tufayli o‘z tarkibi bo‘yicha o‘zbek taomlari sog‘liq uchun foydali ovqatlar qatoriga kirishini qayd etdi. Mehmonlar nafaqat taom tayyorlanish texnologiyasini ko‘rish, balki haqiqiy oshxona bellashuvida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

— O‘zbek taomlari doimo Rossiya aholisi va mehmonlari orasida ommaboplikka ega. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tajribasiga asoslangan va hozirgacha saqlanib kelayotgan retseptlari turli-tumanligi bugun bizni hayratga soldi, — deya o‘z fikrini bildirdi Moskva hukumati va Mer ishlari Boshqarmasi huzuridagi korxonalar va obyektlar bilan ishlash bo‘yicha sektor rahbari Irina Bobrisheva.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Moskva, O‘zbek oshxonasi
Просмотров: 1712 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz