Moskva metrosida ayol yonidagi yo‘lovchining yuziga pichoq tortdi

Moskva metrosida yo‘lovchi ayol boshqa bir ayolning yuziga pichoq tortdi.

Qayd etilishicha, 50 yoshli ayolga yonidagi yo‘lovchining telefonda juda baland ovozda suhbatlashgani yoqmagan va metrodan tushayotib uning yuziga pichoq yordamida ziyon yetkazgan.

Huquq-tartibot xodimlarining ma’lum qilishicha, mojaro “Govorovo”dan “Minsk” bekatiga yo‘l olgan vagonda sodir bo‘lgan.

Bitta bekatdan so‘ng, jabrlanuvchi polisiyaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Hozirda ayolning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda.

Ayblanuvchi “Oktyabr maydoni” metro bekatida qo‘lga olingan, undagi tig‘li jism olib qo‘yilgan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 1-qismi (badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: pichoq, Yuziga, Moskva, Ayol, metrosida, yo‘lovchining, tortdi, yonidagi
Просмотров: 174 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:21
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz