Moskvaning yo‘lovchi yuradigan ko‘chalari Wi-Fi bilan jihozlanadi


Moskvaning barcha yo‘lovchi yuradigan ko‘chalari va hududlari Wi-Fi bilan jihozlanadi. Bu haqda shahar axborot texnologiyalari departamentining boshliq o‘rinbosari Aleksandr Gorbatko ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “ТАSS”.
Gorbatkoning ta’kidlashicha, hozirning o‘zida poytaxt oliy o‘quv yurtlari va ularning yotoqxonalari, maktablarda Internetga simsiz ulanish imkoniyati paydo bo‘ldi. 700 dan ziyod Wi-Fi tarmog‘i shahardagi 21 ta ochiq hududda —parklar, yo‘lovchilar va velosipedchilar yo‘laklarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
City Wi-Fi loyihasi doirasida ma’murlar yagona avtorizatsiyani joriy etmoqda: endi bir nuqtada ro‘yxatdan o‘tib, boshqa tarmoqlarda ham  Wi-Fidan foydalanish mumkin bo‘ladi.


Категория: INTERNET TARMOG'I | Теги: yuradigan, jihozlanadi, ko‘chalari, Moskva, bilan, yo‘lovchi, Wi-Fi
Просмотров: 907 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:04
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz