O‘yinchoq alligator Ayova aholisini qo‘rquvda ushlab turdi. Shunchaki hamma uni haqiqiy deb o‘ylagan

3-may kuni Ayova shtatining De-Moyn shahri aholisi o‘z uylari qarshisida paydo bo‘lgan 1,5 metrli alligator sabab ko‘chada chiqa olmadi, deb xabar beradi Meduza.


Bu kabi holat istalgan insonni qo‘rqitib yuborishi mumkin: odamlar uylariga berkinib olib, Boshpanasiz hayvonlarni ushlash xizmatini yordamga chaqirgan.

Xizmat xodimlari aytilgan manzilga yetib kelgan, biroq qo‘rqinchli alligator aslida yumshoq o‘yinchoq bo‘lib chiqqan. Uni kimdir avtoturargohda qoldirib ketgan. O‘z jonidan xavotirga tushgan odamlar esa unga yaxshilab nazar solmagan. Endi o‘yinchoq Boshpanasiz hayvonlarni tutish xizmati ofisida “yashamoqda”.

Avvalroq Amerikaning Merilend shtatidagi Rokvill shahri politsiyasiga I-270 yo‘lagida oq yo‘lbars o‘tirgani haqida xabar kelib tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan politsiya yo‘lovchining yolg‘on gapirmagani, chindan ham yo‘lbars borligini aniqlagan, ammo yirtqich aslida haykal bo‘lib chiqqan edi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: o‘ylagan, O‘yinchoq, ushlab, alligator, Haqiqiy, aholisini, Ayova, Shunchaki, qo‘rquv, hamma, turdi, Deb
Просмотров: 337 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:47
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz