Britaniya mudofaa vaziri Rossiyani “birinchi raqamli xavf” deb atadi

Rossiya Buyuk Britaniya uchun “birinchi raqamli xavf” hisoblanadi, deya ma’lum qildi Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles The Telegraph nashriga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya suvosti kemalari Birlashgan qirollikning “butun qirg‘oqlari bo‘ylab aylanib yuribdi”.“Biz deeskalatsiyani amalga oshirishga urindik, turli usullarni qo‘llab ko‘rdik, ammo hozirgi vaqtda Rossiya o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirmas ekan, biz qayerga qarab borayotganimizni tushunish juda qiyin”, — dedi Uolles.

Vazirning fikriga ko‘ra, Rossiya kemalari Britaniya chegaralari yaqinida ortiqcha faollikni qayd etdi. “Bizning mamlakatimizga hamma joyga burnini suquvchi Rossiya kemalari muntazam qadam ranjida qilib turadi, bular Rossiyaning bir nechta harbiy kemalaridir”, — deya ta’kidladi u.

Uollesning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kemalari odatda Shimoliy dengizga yoki La-Manshga kiradi. Ammo 2020-yil oxirida Rossiya suvosti kemasi Irland dengizida aniqlangan bo‘lib, bu “anchadan buyon” birinchi marta kuzatilgan.

Buyuk Britaniya hukumati mart oyida mudofaa va tashqi siyosat bo‘yicha yangi strategiyani taqdim etgan, unda Rossiya mamlakat xavfsizligi uchun eng jiddiy tahdid deb atalgan edi. London Trident ballistik raketalari uchun yadroviy jangovar kallaklar sonini 180 dan 260 tagacha oshirib, yadro salohiyatini 40 foizga kuchaytirishga qaror qildi.

Uollesning o‘sha paytda aniqlik kiritishicha, Rossiyaning raketaga qarshi mudofaa sohasiga investitsiyalari o‘sayotgan bir paytda qirollik o‘z yadro potensialini mustahkamlamoqda. O‘z yadro salohiyatini kengaytirishiga qaramasdan, Buyuk Britaniya jangovar kallaklari yadro davlatlari o‘rtasida eng kami bo‘ladi, dedi u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko Britaniyaning yadro salohiyatini oshirish borasidagi rejalarini Rossiya va AQShning SNV-3 (Rossiya va AQSh o‘rtasidagi strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha choralar to‘g‘risidagi bitim) shartnomasini uzaytirish haqidagi kelishuvlari fonida “juda g‘alati” deb atadi (keyinroq shartnoma yana besh yilga uzaytirildi). Tashqi ishalr vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Londonning qarorini “imperiyaga xos ambitsiyalar” deb atadi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Deb, birinchi, vaziri, xavf, London, Britaniya, mudofaa, raqamli, Rossiya, atadi
Просмотров: 1001 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz