Qashqadaryolik ota-ona o‘z qiziga Ishani, deb ism qo‘ydi


Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida 2015-yil 10-avgust kuni tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘yildi. Bu haqda, chaqaloqning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratiga asoslanib, “Kun.uz”xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, Ishani ayni paytda O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilayotgan, Hindistonda suratga olingan “Senga oshiqman” seriali bosh qahramonlaridan birining ismidir.

Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbek oilalarida tug‘ilgan bolalarga Bryus Li, Chingachkuk, Messi, Maradona, Neymar, Devid Bekxem, Ronaldo, Jumong va boshqa mashhur kino hamda serial qahramonlari, futbolchilarning ism-shariflari qo‘yilgani haqida xabarlar berilgandi.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: o‘z, ism qo‘ydi, Ishani, qiz, Qashqadaryolik, Deb, ota-ona
Просмотров: 1572 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz