Qamashi tumanida “Kamaz” 9 yoshli qizchani urib ketdi

2022-yil 22-noyabr soat taxminan 12-30 larda haydovchi N.B. boshqaruvida bo‘lgan “KAMAZ” rusumli avtotransport vositasini A-378 “Samarqand-Gʻuzor” avtomobil yo‘lidan Gʻuzor tumani tomon boshqarib borgan.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Uzun” MFY hududining 124 km.ga kelganda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ushbu mahallada yashovchi voyaga yetmagan Q.S.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan piyoda Q.S. og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi N.B.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: tumanida, kamaz, qizchani, yoshli, Ketdi, urib, Qamashi
Просмотров: 161 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz