Toshkentda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi


Toshkentda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi

 

Toshkent shahar Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz avtomobili yonib ketdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 14-dekabr kuni soat 11:20 larda Toshkent shahar Olmazor tumani KXAY va Talabalar ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan B.F. Matiz avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda, transport vositasida qisqa tutashuv va uning natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ketayotgan, yonib, harakatlanib, Ketdi, Matiz, Toshkentda
Просмотров: 281 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:05
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz