Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi

9-iyun kuni taxminan soat 04:35 larda Samarqand shahridagi gaz zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.


 

Ma’lum qilinishicha, shaharning Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan “Ishon Standart” MChJ ASGQShda fuqaro M.U. boshqaruvidagi 2002-yilda ishlab chiqarilgan Nexia rusumli avtoulovga o‘rnatilgan siqilgan gaz ballonning yorilishi bilan bog‘liq portlash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonini tunukali shift qismi zararlangan.Ushbu hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Avvalroq Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati ikki kishi halok bo‘lgani, Farg‘onadagi zapravkada “Jiguli”ning gaz balloni portlashi oqibatida mashina haydovchisi va yana bir kishi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: turgan, balloni, Gaz, portlab, Ketdi, Samarqand, Nexia, zapravkada, Metan
Просмотров: 1328 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz