Ronalduning o‘yinidagi pasayish sababi ma’lum qilindi


"Real" jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yinidagi pasayishga uning tizzasidagi jarohat sabab bo‘lgan.
Marca nashri xabariga ko‘ra, u 3 oydan beri tizzasidagi jarohati tuzalmagan holda o‘ynab kelmoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy mavsum avvalida Ronalduning to‘la tuzalmagan tizzasida og‘riq boshlangan. Ammo u davolanmasdan, tiklanish mashqlari orqali tayyorgarlik olib borishni ma’qul ko‘rgan.
Shu tufayli u mavsumni bir tekis o‘tkaza olmagan.
O‘tgan mavsum to‘purari bo‘lgan Ronaldu joriy mavsumda 8ta uchrashuvning golsiz tark etdi.
Oxirgi haftada u o‘zini yaxshi his qila boshlagan.
Buning isboti sifatida shuni aytish mumkinki, joriy hafta boshida Ronaldu YeChL doirasida "Malmyo"ga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Krishtianu Ronaldu, real
Просмотров: 1815 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:38
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz