Senga Oshiqman, serial (Voqealar rivoji 10.06.+ 11.06.2015)


Assalomu Alaykum, tinimsiz habalar, foydalanuvchilardan yozilayotgan bir dunyo izohlarni inobatga olib, serialning davomiy voqealarini sizlar bilan bo'lishamiz. Albatta bu tabiiy, chunki sevimli serialimiz eng qiziq joyida to'xtab qoldi, shu boisdan endi nima bo'lishi barchaga, jumladan o'zim uchun ham judaaaa qiziq.  

Ho'sh davomi nima boladi, Ishani qanday yo'l tutadi, Ranvirchi? Chirak yana ayyorlik qilarmikin? Ishani Ranvirni kechiradimi yoki Chirakni?
Ishani Chirakni Shenela bilan birga ko'radi, Chirak o'zi oqlashga harakat qiladi, ammo Ishani uni eshitmasdan, yeg'laganicha kechani tak etadi, Tashqarida yomg'ir yog'ardi, bu yomg'ir ham uning ko'zlaridan oqoyotgandek edi huddi. Ishani uyiga ketadi. Ishaninig bo'ynida uy ekasining olmos taqimchog'i qolib ketgandi, uni olish uchun soqchilarni yuborishadi, shunda Ranvir ularga to'xtashlarini aytadi, va ularga: bu qizni hech kim to'xtatmaydi, u taqqan taqimchoq bo'ynidan tushmasligi kerak, uni pulini men to'layman deb aytadi.
Ertasi kuni Ishani ishga borolmasligini aytib uzr so'raydi, buni eshitgan Ranvir Ishani hozirda qiynalvotganini va agar ishga kelganda u chalg'ib, hammasini unutishi osonroq bo'lishini o'ylaydi.
Ancha o'ylab, Ishanini bir hujjatni tayyorlash bahonasida ishga chaqirib oladi. Uni turli bahonalar bilan ketishiga yo'l qo'ymaydi. Ishanini qiynalishini, siqilishini o'ylagan Ranvir uni yolg'iz qoldirmaslikka harakat qilardi. Ranvir Ishanini o'z shaxsiy yordamchisi etib tayinlaydi, va zudlik bilan uchrashuvga, Punaga borishligini aytadi, Aslida u yerda hech qanday uchrashuv yo'q edi, shunchaki RV uni oz bo'lsada chalg'itishga harakat qilardi. Yo'lda ketish davomida Ranvir huddi boshqa odam haqida gapirayotgandek bo'lib, Chirakni o'ylama, hammasini unut, hali hammasi oldinda deb Ishaniga aytadi. (shunchalar qattiq sevasanmi Ranvir, Ishanini bunchalar e'zozlash....)
So'ng Ranvir Ishaniga bugun uchrashuv qoldirilganini, ertaga borishlarini, hozir esa uni uyiga kuzatib qo'yishini aytadi, Yo'lda choy ichish uchun ular oz vaqtga to'xtashadi, Ranvir choy olib kelgan vaqt qayerdandur Chirak paydo bo'ladi va Ishanini bag'riga bosa ketadi. 

Ranvir esa hayratdan qotib qoladi. Ishani RV bilan hayerlashib, Chirakni mashinasiga o'tiradi.
Chirak esa RVga: hayron qolding-a? o'sha kuni Ishanini ko'rib, men ham shunday hayratlangan edim. U shunchalar mendan g'azablangan ediki, hatto eshitishni ham istamasdi, Ammo men uni ortidan uyigacha bordim, u honasiga kirib ichkaridan quliflab oldi, lekin men o'zimni oldiraman deb qo'rqitgandim u eshigini ochdi, shunda men unga bularni hammasi Ranvir tomonidan uyishtirilgan, meni aybim yo'q, men bu kechaga advakat bilan uchrashishga borgan edim" deb aytdim, Ahmoq Ishani meni har bir gapimga ishondi, U hatto men haqimda noto'g'ri o'ylagani uchun uzr ham so'radi, Ko'rdinmi u meni qanchalar sevadi.  Ha yana bir gap: dunyoda ikki toyifadagi qizlar bo'ladi: birinchisi: aqldan ozdiradigan darajada sevishga majbur qiladi, ikkinchisi esa: aqldan ozadigan darajada seni sevadi. Seni jondan aziz Ishaniniying huddi shunaqa toifa qizlardandur, deb Chirak Ishani bilan ketadi.
Chirak Ishanini uyiga gul bilan keladi, va aynan shu bugun kechasi Ishani ikkalovligini unashtiruv marosimligi bo'lishini aytadi. Ishani va uning buvisi bu habardan hursand bo'lishadi, Ishani bu habar barcha bilan ulashadi, ishxonasidagilarni shirinlik bilan mexmon qiladi. Shu payt Ranvir kirib keladi, Ishani unga ham shirinlik uzatadi, Ranvir sababini so'raydi, Ishani bugun unashtiruv bo'lishini aytadi, Ranvirni judayam jaxli chiqib ketadi, (shunaqa paytda Ranvirga judaaaayam achinib ketaman)


Ho'sh davomi nima bo'ladi deb qiziqyapsizmi? buni endi ertaga aytaman.... 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, va belgilangan qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar...


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Senga Oshiqman
Просмотров: 10309 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz