"ISHANI" HAQIDA BIR UY BEKASINING FIKRLARI...


Senga Oshiqman seriali to'xtatilganidan juda ham ko'pchilik hafa! Hattoki jurnalislarimiz ham bu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishmoqda:
Assalomu alaykum! Men “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida muxbir bo‘lib ishlayman. Ayni paytda bola tarbiyasi bilan uy bekasiman. Saytingizni kuzatib boraman. Yaqinda “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilgan “Senga oshiqman” seriali haqida turli fikrlarni, tanqidlarni har joyda o‘qib qoldim. Shu haqda o‘z fikrimni bildirmoqchiydim. Iloji bo‘lsa, saytda e’lon qilsangiz...
"Senga oshiqman" seriali, tan olish kerak, juda ko‘p muxlislar e’tiboriga tushdi. To‘g‘ri, ba’zi joylari har qanday kishini ensasini qotirishi tabiiy. Lekin chuqurroq o‘ylab qaralsa, inson o‘ziga xulosa chiqaradigan joylari ham bor. Ayniqsa, bosh qahramon - Ishanining har qanday holatda ham yaqinlari uchun o‘zini qurbon qilishi hayotga unchalik mos kelmasa ham, bir-birimizga mehrli, oilaga sadoqatli, oqibatli bo‘lishga undaydi. Ayrim joylarini hattoki ko‘z yosh bilan ko‘rasan, kishi. Kimlargadir esa bu erish tuyulgan shekilli, ta’na toshlarini otishmoqda. Qaerdadir bir bola o‘zini osib qo‘yibdi, kimdir qiziga “Ishani” deb ism beribdi. Xullas, bu gaplar serialga nisbatan, uni nmaoyish qilganlarga nisbatan ta’na toshlari otishga asos bo‘la olmaydi. Bu hayotda har kimning o‘z qarichi bor. Nima, telekanallarimizda berilayotgan boshqa kino yoki seriallarda urush, o‘zini o‘ldirish kabi sahnalar yo‘qmi?! Uni har kuni ko‘rish mumkin. Ekranda bo‘lmasa, bunday disklar tiqilib yotibdi. Balki, yosh bolalarga o‘sha seriallarni (xususan, sevgi, qotillik to‘g‘risidagi) tomosha qildirayotgan biz ota-onalar, o‘zimiz aybdordirmiz. “Ishani”ga asosan, o‘smir qizlar taqlid qilishi mumkin. Ularga serial ko‘rgandan ko‘ra darsingni qil deb o‘zimiz aytishimiz kerakdir, balki?! Xullas, aytmoqchimanki, biror narsadan yaxshi xulosa chiqarish ham, yomon xulosa chiqarish ham o‘zimizga, dunyoqarashimizga bog‘liq. Buning uchun kimnidir yoki nimanidir ayblash, bu o‘z fikriga ega bo‘lmagan, dunyoqarashi tor odamlarning odatiy xulosasidir. Ba’zida biror o‘zbek filmi yo seriallarini ko‘rsak ham ensamiz kotib ketadi. Lekin bu kimlarnidir qanoatlantirishi tabiiy. Teleekran faqat bir kishi uchun xizmat qilmaydi! Millionlab odamlar talabini qondiradi. Aytishadi-ku, hamma narsaga yaxshi ko‘z bilan qarasang, chiroyli ko‘rinadi!

 
Nafisa ISMATULLAYEVA


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Senga Oshiqman, Ishani, Senga Oshiqman haqida
Просмотров: 3443 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:45
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz