Senga Oshiqman: Chirak Ranvirni o'ldirmoqchi, Voqealar rivoji (97-102 qismlar)

Haaaa Senga Oshiqman, serial tobora qiziqarli tus olmoqda, mana nixoyat biz kutgan damlar keldi, Ranvir va Ishani endi birga, Ular endi faqat bir-birlari uchun yashashadi. Ularning bir-birlari uchun bo'lgan o'tli muxabbatlari tobora kuchayib boradi...
 
Sizlarga bu haftadagi voqealar rivoji haqida ko'p gap aytolmayman, Chunki deyarli hech qanday kuchli o'zgarish bo'lmaydi. Hafta davomida Ranvir va Ishani bir-birlarini sevishlari, birga bo'lishga, yolg'iz qolishga harakat qilishlarini guvohi bo'lamiz.
Chirak uyida qarz olgan insonlaridan yashirinib o'tirardi, endi u xatto ko'chaga ham chiqolmasdi, Sanjiv Zaveriy bilan olmos bo'yicha shartnoma olish uchun u bir nechta odamdan qarz olgandi. Bu uchun Ranvirni o'ldiraman, deb oldiga maqsad tuzadi.
Ha aytgancha shu o'rinda yana bir ma'lumot bu haftada Ishanining kelinoyisi, yani Sharmanning onasi Chentali o'birizini boshqa ayol ijro eta boshlaydi.
 
Ranvir va Ishani xonada suxbatlashib o'tirishgan vaqt, xonaga to'saddan Chentali kirmoqchi bo'ladi, Ranvir darrov shikaf ichiga berkinadi. Chentali xonaga kirib Ishani bilan uzoq vaqt suxbatlashadi, Ishani uni tezroq chiqarib yuborishga harakat qilardi, ammo Chentali ham cho'zilvuradideee... Va nixoyat Ishani unga Pul to'la xamyonini berib qutiladi. tarona net sayti ma'lumot Ishani shoshib Ranvir turgan shikafni ochadi, qarasa Ranvir xushsiz, u polga yeqiladi. Ishani uni o'ziga keltirishga urinadi, ammo Ranvir o'ziga kelmaydi. Shunda Ishani bir paytlar RV unga sun'iy nafas berib, o'ziga keltirganini eslaydi, u ham Ranvirga sun'iy nafas beradi. Shunda Ranvir uni bag'riga bosadi. Qattim quchoqlaydi. (U o'zini atayin, Ishani sun'iy nafas berishi uchun shunday qilayotgan edi, bahonada uni o'pib ham oldi, Ammo eslatib o'tamiz, TV da bu saxnani ham uzib tashlashlari mumkin...)
 
Kasalxonada esa, Shanela ancha yaxshi ekanligi, unda o'zgarish borligini habar qilishadi. O'ziga kelish extimoli yuqori...
 
Ishanining oilasi va Ranvirning oilasi hamda Ritika, Sharman barchalari restoranga borishadi. Ishani o'z buvisini, Ranvir esa o'z onasini aldab ular bilan birga o'tirishadi. Ranvir va Ishani butun oila oldida birga baxtli o'tirishardi. birgalikda taom yeyishadi. Birgalikda hatto suratga ham tushishadi.

E'ng asosiysi birgalikda raqisga ham tushishadi. Judayam romontik raqs bo'ladi o'ziyam (ammo bilmadim, extimol bu saxnani ham uzib tashlashar)...
Ranvir hamda Ishani birga kinoga tushadi, tasodifni qaranki Ranvirning ota-onasi ham aynan shu payt, aynan shu kinoni ko'rish uchun kelishgan edi. Ranvir va Ishani ham bilmasdan ota-onalari o'tirgan joyga borib o'tirishadi, albatta qorong'unda ko'rinmagan. Eng qizig'i Chirak ham Ranvirni shu yerdaligini bilib, kinoga kelgan edi, u kino zalga kirib, Ranvirni orqasiga o'tiradi, unga endi pichoq sanchimoqchi bo'lganda, Ranvir o'rnidan turib ketadi, shunda yonida o'tirgan ota-onasini ko'rib qoladi. tarona.net sayti ma'lumoti Chirak pichoqni kresloga sanchib qo'ygan. endi sekin bildirmasdan chiqib ketayotganda, Ishani kursiga urilgan pichoqni va Chirakni ko'rib qoladi, uning ortidan borib, u bilan gaplashadi. Chirak baribir Ranvirni o'ldiraman, deb aytadi Ishaniga. Shu payt kinozaldan Ranvir Ishanini qidirib chiqib keladi. Ranvir Ishani va Chirakni ko'rib jaxli chiqib ketadi. Bundan foydalangan Chirak yana Ranvirning jig'iga tegadi. Ko'rdingmi Ishani haliyam meni sevadi, deb aldaydi.
Ranvir jaxli chiqgancha Ishanining qo'lidan tutib, uni olib ketadi. Ishanidan nega CHirak bilan turganini so'raydi, Ishani ko'zi to'la yosh bilan Ranvirga pichoqni ko'rsatadi, u sizni o'ldirmoqchi edi, agar sizga biror gap bo'lsa men nima qilaman, deb yeg'laydi. Ranvir Ishanini tinchlantirishga urinadi.
 
Butun oila Sharman hamda Ritikaning to'yiga tayyorgarlik ko'rish bilan band...
 ***
Ranvir Ishaniga ish bo'yicha bir yerga ketayotganini aytadi. Muxim majlis bo'ladi. Ranvir ketadi. Bir oz vaqtdan so'ng Ishanining telifoni jiringlab qoladi, Ishani yugirib borib telifonni oladi, u Ranvir bo'lsa kerak deb, Sizni sevaman, juda juda sevaman deb aytadi, ammo afsuski bu Chirak edi. Chirak Ishaniga, Ranvirni o'ldirishini aytadi. Go'shakni qo'yib qo'yadi. Ishani bu xaqida Ranvirni ogoxlantishga harakat qiladi, unga qo'ng'iroq qiladi. Ranvirga: Yo'lda extiyot bo'ling, Chirak qo'ng'iroq qilib, sizni o'ldirmoqchi ekanligini aytdi, deb ogoxlantiradi. Ranvir: Ishani, uni har bir so'ziga ishonaverma, uni qolidan hech narsa kelmaydi, deb aytadi. Ishani esa Ranvirdan yana bir bor extiyot bo'lishini, hovotir olayotganini aytib suxbatlashishadi. Shu payt Ranvir eeeey xudoyim deb, kuchli tormiz oladi va borib uriladi. Ishani nima bo'ldi deb Ranvirni chaqiradi, ammo Ranvir jiiim, u xushini yoqotgandi. Ishani nima qilarini bilmay, Ranvirni o'zi qidirgani yo'lga tushadi. Ranvir o'ziga keladi, u yo'ldan chiqgan itni ko'rib, tormiz bergan edi. Itni yo'ldan olib, yana yo'lida davom etadi. Shunda telifoni ishlamay qolganini ko'rib, Ishani mendan xovotir olayotgan bo'lsa kerak, uni borib tinchlantirishim lozim, deb ortiga qaytadi. tarona.net sayti ma'lumot. Chirak esa motosikilda uni ortidan kuzatib yurgandi.
Ishani esa Ranvirni qidirib yo'lga tushib bo'lgandi, (ex Ishani, nima qilarding yo'lga chiqib, uyda o'tirganingda hammasi yaxshi bo'lardi).
Uyda esa to'y marosimlariga harakatlar edi. Sanjiv Zaveriy va Ritika ham shu yerda. Ritika o'zini yomon his qila boshlaydi va ayollar xonasiga boradi. Qo'rqib ketadi, unda xomiladorlik alomatlari boshlangan edi. Buni eshitgan Sharman to'yni to'xtatadi.
 ***
Ranvir ortiga qaytib kelayotganda yo'lda yotgan odamni ko'rib qoladi, mashinadan tushib unga yordam bermishga urinadi. Bu ayyor Chirakning xiylasi edi, Chirak Ranvirning yuziga kukun sebib yuboradi va u bilan mushtlashadi.
Ushbu yuqoridagi voqealar kelayotgan haftada (17-22 avgust kunlarida) bo'lib o'tadi.

***
Eng asosiy va voqealar rivojining keskin o'zgarishi kelgusi haftada bo'lishi kutilmoqda, Kelgusi haftada Chirak Ranvirni o'ldirishga tushadi, ammo o'zi o'ladi. Ishani Chirakni men o'ldirdim deb aytadi. Ranvir bilan Ajrashadi... Amba va uning erini hibisga olishadi, Ritika esa xomilador... U farzand kutmoqda, Bola kimdan ekan...? Bularni ko'tarolmagan Sanjiv Zaveriy olamdan o'tadi...
Kelgusi haftada yanada qiziqarli voqealar boooor, Eslatib o'tamiz bu qisqa yozganim, bu haftada emas, kelgusi haftada (24-29 avgust kunlarida) bo'lib o'tadi.
 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Ranvir, Senga Oshiqman, Ishani, Senga Oshiqman voqealar rivoji, Senga Oshiqman haqida
Просмотров: 5196 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:11
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz