Siz sevgan Shahzodan super Premyera “Моё чудо”


O‘zining nafaqat ijodi, balki, samimiyligi, yoqimli tabassumi va insoniyligi bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy egallab, san’atimizda yuksak natijalarni qo‘lga kiritib, har bir muxlisning muhabbatiga sazovor bo‘lgan estradamizning porloq yulduzi, maftunkor Shahzoda bayram arafasida tayyorlab qo‘ygan bir qator tuhfalarini ketma-ket taqdim etib kelmoqda. Ana shunday takrorlanmas tuhfalardan biri “Moyo chudo” deb nomlangan kompozisiya tinglovchilar uchun haqiqiy syurpriz bo‘lishi aniq. Sho‘x va yaxshi kayfiyat ulashib, orzular osmoniga olib chiqadigan qo‘shiq barchaga birdek manzur kelishi aniq. Taronaning mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi va musiqasi Oleg Chichanovskiy qalamiga mansub.

To‘yga to‘yona bilan degandaridek, Shahzoda bu kompozisiyaga ishlangan bayramona klipni ham saytimiz orqali namoyish qilmoqda. Mahoratli klipmeyker Timur Primkulov rejissyorligida yaratilgan klip muxlislar uchun haqiqiy yangi yil sovg‘asi bo‘ladi desak yanglishmaymiz. Klipni tomosha qilar ekansiz, qalbingizni ajib hislar qamrab oladi. Xuddi ertaklar mamlakatiga tushib qolgandek his qilasiz.

Videoklip namoyishi oldidan buyurma berilgandek, tabiat ham oppoq qor bilan yurtimizni siyladi. Bu haqiqiy tuhfa. Ming bor gapirgandan ko‘ra bir bor tomosha qilgan afzal deganlaridek, tomosha qiling va baho bering.

 


Категория: MP3 PREMYERA | Теги: Premyera, Shahzoda
Просмотров: 1571 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz