Shahzoda Nazarbekov va Mamazoitovaga qaraganda oldinroq otni qamchiladi


Shahzodaning ijodida Vatan mavzusida kuylangan qo‘shiqlar soni yana bittaga ortdi. Xonanda kecha, 20 aprel kuni “O‘zbegim” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipini taqdim etdi.

Mazkur qo‘shiq she’ri O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub. Musiqasi esa Sarvar va Komilga tegishli.

Bu qo‘shiq Istiqlolning 25 yilligi munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, unda xonanda o‘tgan yillar davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni kuyga soladi. Klip ham qo‘shiqqa hamohang tarzda ishlangan. Unda Istiqlol yillarida mamlakatimizda olib borilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda yoshlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, keng imkoniyatlar, duodagi keksalaru farzandining yutuqlaridan mamnun ota-onalar tasvirlangan.

Har yili 1 sentabr – Mustaqillik kuni oldidan ko‘plab san’atkorlar Vatan haqidagi yangi qo‘shig‘ini taqdim etishi an’ana tusiga kirgan. Bu borada har yili O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova peshqadam bo‘lardi. Bu yil esa Shahzoda boshqa hamkasblaridan avval otni qamchiladi.

Shahzodaning “O‘zbegim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni bir kun ichida internet orqali 20 mingga yaqin foydalanuvchi tomosha qilishga ulgurdi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Mamazoitova, Shahzoda, Nazarbekov
Просмотров: 1684 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz