Yarim million pulini yutqazib qo‘ygan amerikalik kazinoni sudga berdi

AQShning Kaliforniya shtati fuqarosi Las-Vegasdagi kazinoda 500 ming dollarga yaqin pulini boy berdi. So‘ng muassasa ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

52 yoshli Mark Jonstonning ta’kidlashicha, Downtown Grand kazinosi xodimlari uning haddan tashqari ko‘p ichishiga qo‘yib berishgan, natijada u yutqazayotganini anglamagan. Kaliforniyalik kazinoda deyarli 17 soat davomida bo‘lgan. Ko‘p ichib yuborganidan kazinoda o‘ynaganini ham eslay olmaydi.

Jonston mas’uliyatni kazino xodimlariga yuklab, "sal bo‘lmasa o‘lib qolardim, bunga ular aybdor”, — deya ta’kidlagan.

Da’vogar ushbu mablag‘ni bemalol to‘lashga qurbi yetsa-da, uni kazinodagi bepul spirtli ichimliklar tufayli yutqazgani uchun to‘lashni istamasligini bildirdi. U suddan kazino oldidagi qarzini bekor qilish va Downtown Grand’ning kelajakdagi yana shunday harakati oldini olish maqsadida tovon puli undirishni so‘ramoqda.

Nevada qimor o‘yinlari bo‘yicha boshqarmasi ish yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Shtat qoidalariga ko‘ra, mastligi ko‘rinib turgan shaxslarni o‘yin stoliga qo‘yish va ularga bepul spirtli ichimlik taklif qilish taqiqlanadi. Agarda qoidabuzarlik aniqlansa, kazino jarima to‘lashi yoki litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin.

 



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: pul, Sud, kazino
Просмотров: 1236 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz