Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Bugun, 28-noyabr kuni joriy yilning 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar:

Dauletmurat Tajimuratov (1979-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xizmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “Yel xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Lolagul Kallixanova (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Makan" internet-nashri ma’muri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Azamat Turdanov (1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Axmet Smetullayev (1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Dauletmurat Djiyemuratov (1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qorao‘zak Sahib” MCHJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Baxtiyar Kadirbergenov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Ayama" veb-sayti ma’muri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;

Bayram Seytniyazov (1967-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Allabay Toqimbetov (1973-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, norasmiy tarzda imomlik bilan shug‘ullangan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Qaharman Seytimov (1972-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, tadbirkor) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Azamat Nuratdinov (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Mo‘ynoq tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Seydabulla Medetov (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, “Keleshek ushun” fermer xo‘jaligi rahbari) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Nurlan Nayipov (1968-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, nafaqaxo‘r) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida;

Polat Shamshetov (1977-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Razbek Bekmuratov (1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat universiteti o‘qituvchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;

Sultanbek Kaipov (1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida;

Berdax Genjebayev (1996-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandida;

Salamat Kalilayev (1976-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Polat Nurniyazov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Sada-Mars” MCHJ ombor mudiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Saiipnazar Kalimov (1980-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, YATMF bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Nurlan Sultamuratov (1998-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Arislan Temirxanov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ustyurt geofizika” korxonasi qo‘riqchisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Amirbek Adilbekov (1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, sug‘urta kompaniyasi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog‘i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: jarayoni, Sud, bo‘yicha, voqealari, Qoraqalpog‘iston, boshlandi
Просмотров: 133 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz