Buxoroda o‘ziga notanish fuqaroga spirtli ichimlik ichishni taklif qilib, uni do‘pposlagan va tunagan shaxsga sud hukmi o‘qildi


 

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 28 yoshli fuqaroni mast holda uyiga olib borishga urinishi zoye ketgan fuqaro uni urib, tepib, so‘ngra tunab ketdi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi sudyasi Boborahim Ochilov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning “Sharq” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.X. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda soat 23:00 da tuman markazidagi restoran oldida o‘ziga notanish bo‘lgan 28 yoshli fuqaro S.R.ni ko‘rib qolgan va unga spirtli ichimlik iste’mol qilishni taklif qilgan. S.R. ham bunga rozi bo‘lib, tuman markazidagi “G‘anisher” kafesiga borishni aytgan. Spirtli ichimlik ichish ishtiyoqidagi fuqarolar taksiga o‘tirib, avvaliga kafega, so‘ng Sh.X.ning talabi bilan uning uyiga yo‘l olgan. Yo‘lda S.R. uning uyiga borishni rad etib, tanishini boshqa taksida uyiga yubormoqchi bo‘lgan. Sh.X. esa uni uyiga olib ketishini aytib, holi joniga qo‘ymagan. Uyiga borishni rad etgan S.R.ni G‘ijduvon tuman hokimligi binosining orqa tomonidagi bog‘ ichiga sudrab olib kirib, urgan.

“Mast fuqaro S.R.ga tan jarohati yetkazgani yetmagandek, uning egnidagi kurtkasi cho‘ntagida bo‘lgan 630 ming so‘m pulini, Huawei rusumli qo‘l telefonini hamda qo‘lida bo‘lgan ikkita polietilen paketlarni tortib olib, uning mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib ketgan”, — deydi sudya Boborahim Ochilov.

Ertasi kuni Sh.X. fuqaro S.R.dan talon-torojlik orqali olgan pullari bilan do‘konlardagi qarzini to‘lagan, Huawei rusumli qo‘l telefonini ham sotib, puli va ikkita polietilen paketdagi oziq-ovqat mahsulotlardan o‘z iste’moli yo‘lida foydalangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi Sh.X.ni Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib talonchilik qilish) bilan aybli deb topib, unga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ichimlik, hukm, o‘qildi, Buxoro, fuqaroga, Sud, spirt, Notanish
Просмотров: 558 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz