Farrux Xamrayev - Jonim Bolam (Qo`shiq matni)

Muhabbatimiz mevasi, o'zingsan jonim bolam
Oilamizni erkasi, o'zingsan jonim bolam
Bugun tug'ilding bolam, xush kelibsan jajji bolam
Sabr bilan kuttik seni, shiringina jajji bolam
Vujudida asrab seni, oyijoning mehr berdi
Orzuyimga yettim bolam, seni bizga xudo berdi
Orzularga yettik bolam, seni bizga xudo berdi
Voy, voy, voy, voy, buncha shirin
Voy, voy, voy, voy, buncha go'zal
Xudo berdi o'g'ilmi qizmi
Bolajonim hammadan asal
Voy, voy, voy, voy, buncha shirin
Voy, voy, voy, voy, buncha go'zal
Oyijonim siz ham bir qarang
Nevarangiz hammadan asal
Otajonim siz ham bir qarang
Nevarangiz hammadan asal
Ovunchog'im, qo'g'irchog'im
Shiringina toychog'im
Biram jajji qo'lchalaring
O'pay desam yuzlaring
Bo'lib senga yaxshi ota
Qo'g'irchoqlar olib beray
To hayotman senga bolam
Faqat mehrimni beray
Onajoning senga atab paypoqchalar to'qigan
Vujudida asrab bolam seni to'qqiz oy kutgan
Buvijoning dodajoning senga intizor bolam
Yuzingdagi nurlaringni ko'rsin bu yorug' olam
Voy, voy, voy, voy, buncha shirin
Voy, voy, voy, voy, buncha go'zal
Xudo berdi o'g'ilmi qizmi
Bolajonim hammadan asal
Voy, voy, voy, voy, buncha shirin
Voy, voy, voy, voy, buncha go'zal
Oyijonim siz ham bir qarang
Nevarangiz hammadan asal
Otajonim siz ham bir qarang
Nevarangiz hammadan asal
Voy, voy, voy, voy, buncha shirin
Voy, voy, voy, voy, buncha go'zal
Xudo berdi o'g'ilmi qizmi
Bolajonim hammadan asal
Voy, voy, voy, voy, buncha shirin
Voy, voy, voy, voy, buncha go'zal
Oyijonim siz ham bir qarang
Nevarangiz hammadan asal
Otajonim siz ham bir qarang
Nevarangiz hammadan asal
Muhabbatimiz mevasi, o'zingsan jonim bolam
Oilamizni erkasi, o'zingsan jonim bolam


Категория: Other | Добавил: ADMIN2 | Теги: Jonim Bolam, Farrux Xamrayev, Qoshiq matni
Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz