Shahzoda va Bojalar guruhi - Maqtanchoq (Qo`shiq matni)

[Bojalar guruhi]
Voy-yo’, ha-ha…
Vo’, sanga olib keldim tapochka Sara.
Voy-yo’, janona, bo’ldim senga parvona,
Rubobimning sozi yoq, sozlab bergin janona.
Do-re-mi-fa-sol-ya-si, na’munali, foydali,
Polvon bola-chaqali, gapimga javob.
[Shahzoda]
Saning o’zing bir yona, man bir yona,
Qadam bosma man tomona.
Bo’lmagin atrofimda parvona,
Kul bo’larsan yona-yona.
[Bojalar guruhi]
Qoshingni qaro deydilar,
Sochingni ko’rsat, yor-yor.
[Shahzoda]
Qoshimni ko’rib nima qilasiz,
Siz akajonim, (yor-yor).
[Bojalar guruhi]
Sanga yoqadi Armani,
Versace yoki Gucci?
[Shahzoda]
Yo’lingdan qolma maqtanchoq,
Yuz gapdan bir ish yaxshiroq.
[Bojalar guruhi]
Sanga olib keldim Sara,
Lui Fitto, pulim bitdi!
[Shahzoda]
Qoldirma hammani hayron,
Gaplaring namuncha osmon?
[Bojalar guruhi]
Yonimga o’tir, jonim.
[Shahzoda]
Chuchvarani xom sanabsan!
[Shahzoda]
Yuz gapingdan bittasida ma’no yo’q,
Javobim tayyor eshit – aslo yo’q!
Sani ko’rsam yetishmaydi havo yo’q,
Yo’limda o’ralashmagin, maqtanchoq.
[Bojalar guruhi]
Erkatoyim Barbi, shokoladim mani,
Mashina bo’ldi pachoq, qilsammi qo’g’irchoq.
Tegirmonning charxpalagi, Chimyonning yaxmalagi,
Nima kerak sanga, ayta qolgin manga.
[Shahzoda]
Saning o’zing bir yona, man bir yona,
Qadam bosma man tomona.
Bo’lmagin atrofimda parvona,
Kul bo’larsan yona-yona.
[Bojalar guruhi]
Sanga yoqadi Armani,
Versace yoki Gucci?
[Shahzoda]
Yo’lingdan qolma maqtanchoq,
Yuz gapdan bir ish yaxshiroq.
[Bojalar guruhi]
Sanga olib keldim Sara,
Lui Fitto, pulim bitdi!
[Shahzoda]
Qoldirma hammani hayron,
Gaplaring namuncha osmon?
[Bojalar guruhi]
Yonimga o’tir, jonim.
[Shahzoda]
Chuchvarani xom sanabsan!
[Bojalar guruhi]
Voy-yo’, ha-ha…
Ovchi chiqdi o’rmondan,
Pichoq oldi karmondan.
Yo o’lasan yo qolasan,
Kim bilan sen qolasan?
[Shahzoda]
Chuchvarani xom sanabsan!


Категория: Shahzoda | Добавил: ADMIN2 | Теги: Maqtanchoq, Qoshiq matni, Shahzoda, Bojalar guruhi
Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz