Shaxboz va Navruz - Oq Yo'l (Qo`shiq matni)

Bilmadim sani unutish uchun matonatim yetarmikan
Yuragim bunga yo'l qo'yarmikan
Ayriliq yuragimga to'g'ri sanchildi og'riqli bir tikan 
Yuraging bularni sezarmikan
Qaydan senda mehr sabrim tugadi tobora bora axir
Munosabat yakun topdi oxir
Bilasanmi ajralgan onimiz qanchalar bo'lgandi og'ir
Dedim mayli bu taqdir
Xatolarimni birma bir eslab ularni sanab o'taman
Birinchisi sevganim
Ko'zlaring chiroyiga aldanib go'zalliginga mast bo'lib 
Yuz foiz ishonganim
Lekin bu ishonchimni poymol qilgan ayt kim?
Nega turasan jim?
Afsuslanaman qaydanam senga bog'landim
Va so'ngra aldandim
Mana senga yo'l 
Tilaganim oq yo'l
Shu kungacha qancha kutib istaganing
Mana senga yo'l 
Bu yo'lda baxtli bo'l
Qanday hayot kechirasan bu xoxlaganing
Lekin eslab qol
Mehrim etding uvol
Qale bo'lar sen uchun izlab topmaganing
Sevgi bo'ldi bekor, unda na umid bor (unda na umid bor)
Mana senga yo'l 
Tilaganim oq yo'l
Shu kungacha qancha kutib istaganing
Mana senga yo'l 
Bu yo'lda baxtli bo'l
Qanday hayot kechirasan bu xoxlaganing
Lekin eslab qol
Mehrim etding uvol
Qale bo'lar sen uchun izlab topmaganing
Sevgi bo'ldi bekor, unda na umid bor (unda na umid bor)
Kechagiday yodimda vadalar bergan u kuning
Doimo ajralishdan qo'rqishingni aytarding
So'nggi yozgan xatlarimga bitta ham yo'qdur javob
Bilasanmi bu vaziyat qanchalar bergan azob
Zardalaringni sababini tushunolmadim
Yoki ajralish uchun sababni bilolmadim
Ne bo'lganda ham ajraldik emasmiz birga
Endi yo'llarimiz ham ayrildi bir umrga
Tinglagin so'nggi bora atalgan bu so'zlarim bo'lgin omon
Bo'ldi tamom batamom
Munosabatga qo'yildi nuqta hayrlashib ohista
Ketasan xoxlaganing tomon
Aniq ishonaman bir kun kelib albatta men unutaman
O'sha kunni doim kutaman 
Oz bo'lsa ham sog'inganimni hech qachon senga bildirmayman
Kun o'tar lek yurak halovatdan begona
Qancha sog'inchlar chekdi yolg'izlikda pinhona
Sensiz bo'lgan onimdan beri bu dunyo g'amxona
Yana qancha vaqtlar azoblar chekaman sarsona
Qaytar dunyo qaytib qalbing azoblarga to'lganda
Yoki yuraging meni ich ichidan sog'inganda
Shunda anglarsan men uchun qanchalar bo'lgan og'ir
Xotiralaring ko'z oldingdan o'tadi birma bir
Mana senga yo'l 
Tilaganim oq yo'l
Shu kungacha qancha kutib istaganing
Mana senga yo'l 
Bu yo'lda baxtli bo'l
Qanday hayot kechirasan bu xoxlaganing
Lekin eslab qol
Mehrim etding uvol
Qale bo'lar sen uchun izlab topmaganing
Sevgi bo'ldi bekor, unda na umid bor (unda na umid bor)
Mana senga yo'l 
Tilaganim oq yo'l
Shu kungacha qancha kutib istaganing
Mana senga yo'l 
Bu yo'lda baxtli bo'l
Qanday hayot kechirasan bu xoxlaganing
Lekin eslab qol
Mehrim etding uvol
Qale bo'lar sen uchun izlab topmaganing
Sevgi bo'ldi bekor, unda na umid bor (unda na umid bor)


Категория: Sardor Rahimxon | Добавил: ADMIN2 | Теги: Shaxboz va Navruz, Qoshiq matni, Oq Yo'l
Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz