Тухум окини яхшилаб купиртириб, озрокдан шакар кушиб аралаштирамиз. Сунг олма пустини арчиб, уругларини авайлаб олиб ташлаймиз, ширин сувда шаклини йукотмагунга кадар пишириб оламиз. Олма катталигига караб бисквитларни кесиб чикамиз ва олмаларни уинг устига куйиб, аралаштирилган тухум окини атрофидан маълум шаклда куйиб чикамиз.

Юкори хароратда саргиш тусга киргунга кадар пишириб оламиз. Столга куйишдан аввал шакар упасидан сепсангиз хам булади.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 4614 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


200 г сариёг, 200 г сметана, 1/2 чой кошик истеъмол содаси, ун (юмшок хамир учун)
Начинкасига творог билан шакар аралашмаси, ёки мураббо, ёки хохлаган кремдан фойдаланиш мумкин.


Масалликларни барчасини аралаштириб, 1 соатга музлатгичга куямиз.

Тайёр хамирни уртача калинликда ёйямиз, начинкани суртиб рулет ураймиз ва духовкада пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8518 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Куритилган ёнгок магзини янчинг. Унни элаб устига шакар, ёнгок, туз, сариёг булагини солиб хамммасини пичок билан киймаланг. Сунг тухум кушиб корилган хамирни совук жойда тиндиринг. Сунгра уни 0,5 см калинликда ёйиб, шаклдор килиб кесинг ва устига тухум суртиб уртача оловда пиширинг.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6724 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Керакли махсулотлар 350 г кизил сабзи, 70 г ёнгок, 20 г асал, лимон шарбати, туз.
Ёнгок урнига ер ёнгок ёки бодом хам ишлатиш мумкин.
Безак    учун компот гилослари.


Арчиб ювилган сабзини майда тёркададан утказамиз. Туз сепиб лимон шарбатини кушамиз. Сунгра майдалаб янчилган ёнгок ва асални кушиб аралаштирамиз.

Салатни идишга солиб устидан гилослар билан безаб чикамиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 3341 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Олмани ювиб, уруглик узагини кесиб, олиб ташлаймиз. Шу чукурчага киём солиб, духовкада пиширамиз. Истаганлар уни оз микдор сувда кайнатиб пишириши хам мумкин.
Бир кишилик мулжал учун 2 дона олма, 10 г киём керак булади. Киём олма уртача оловда 15-20 дакика пиширилади.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 2891 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


1 тухум, 70 г усимлик ёги, 70 г шакар, 1 ст ун, 1 чой кошик хамиртуруш ёки истеъмол содаси, бир чимдим туз, 1 пиёла пиширирилган сабзи, 4 ош кошик майиз.

Барча масалликларни аралаштириб хамир корамиз. Уртача калинликда хамини ёйиб ундан айланачалар кесиб духовкага куямиз. Кизаргунча пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 3626 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


100 г ун, 25 г сариёг, бир чимдим туз, 2 ош кошик сут.

1) Начинка: 2 та помидор, 50 г пишлок
2) Начинка: кузикорин.


Идишга ун, туз хамда майдалаб тугралган сариёгни солиб аралаштирамиз. Сунгра оз-оздан сутни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни ёгланган колипга соламиз. Устидан начинкасини (помидорларни майдалаб кесиб устидан пишлокни теркадан утказамиз) солиб 15 дакика ичида олдиндан иситилган духовкада пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 10484 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Хамирга: 1 ст шакар, бир чимдим истеъмол содаси, 1 ош кошик сариёг, 1 ст сметана, 1 ст ун.
Кремига: 1 ст сметана, 2/3 ст. шакар, ёнгок.
Глазурига: 50 г сариёг, 1 ст шакар, 3 чой кошик какао, 3 ош кошик сут.


Шакар билан сариёгни яхшилаб аралаштирамиз, сунгра сметана, сода, унни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни 2 кисмга буламиз. Бир кисмига какао кушамиз (ёки кофе). Хамирларни яъни ок хамирни ва кора хамирни хар бирини уч кисмга булиб, уртача калинликда ёйиб духовкада пишириб оламиз.

Тайёр корилган хамирга кремни суртиб устидан майдалаб янчилган ёнгокни сепамизда ок хамирни куямиз. Сунгра яна крем суртиб енгокни сепиб устидан кора хамирни куямиз ва олдингидай давом эттирамиз. Охирги хамирни устидан иссик глазурни куямиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6516 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ushbu tortni pishirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar: 3 ta tuxum, 200 gr shakar, 2 osh qoshiq asal, 3 stakan un, 100 gr. saryog‘, 1 choy qoshiq un, 200 gr saryog‘.
Emal idishda tuxumni yaxshilab ko‘pirtirganingizdan so‘ng idishni suv bug‘iga qo‘yasiz, shakar, asal hamda saryog‘ qo‘shasiz. So‘ng iste’mol sodasi hamda unni qo‘shib yana aralashtirasiz. Xamirni bug‘dan olib qo‘yib, bir oz tindirasiz.

Nachinkani qoshiq bilan duxovka patnisiga solib, o‘zingiz istagan shaklda yoyasiz va gazda usti oltin rangga kirgunga qadar pishirasiz. Xuddi shunday hajmdagi xamirlardan yana to‘rtta pishirib olasiz. Va ushbu tayyor qavatlar sovigandan so‘ng ustma-ust, orasiga nachinkada surib qo‘yasiz. Ustiga pishiriq chetidan qolgan ushoqlar, tortni har xil mevalar bilan bezash ham mumkin yoki bo‘lmasa glazur suriladi. Glazurni tayyorlash uchun 50 gr. saryog‘ga 3 osh qoshiq shakar hamda 3 osh qoshiq kakao, vanilin kukuni quyasiz. Saryog‘ erib va bir oz qaynagach, gazdan olasiz.

Tortni tayyor bezelar yoki o‘z didingizga moslab bezashingiz mumkin.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8303 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


O’rtacha qilib xamir qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o’rab 10-12 minut tindirib qo’yasiz.Shundan so’ng xamirga tuz va soda eritmasi surtasiz(buning uchun 1 choy qoshiqda tuz va 0,5 choy qoshiqda olingan sodani 0,5 stakan suvga eritiladi) shunday eritmada qo’lni namlab xamirni mushtlaysiz, toki bu namlik xamir bag’riga singib ketsin.So’ngra xamirdan yong’oqday-yong’oqday zuvalachlar yasab, har bir zuvalachani taxta ustiga qo’yib kaft bilan dumalatib armoq kattaligidagi piltalar yasaymiz.Piltalarni likopchga terib bir-biriga yopishib ketmasligi uchun ustiga o’simlik yog’i surtasiz.Xamirga singitilgan tuz soda eritmasi va ustiga surtilgan usimlik moyi xamirning cho’ziluvchanligini taminlaydi. Ana endi har bir piltani ikki uchidan ushlab taxtachaga urub-urub tortsangiz uzun va ingichka arg’amchi hosil bo’ladi,cho’zmani ikki buklab yana taxtachaga urub cho’zsangiz, 4 qavatdan iborat ingichka vermishelsimon holatga keladi.Hamma xamirni ana shu taxlit cho’zib bo’lgach, qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Yuziga qalqib chiqqanda chovli bilan suzib olib 2-3 marta sovuq suv bilan chayqab yuborsangiz, yuzigab surkalgan yog’i ketib xamir bir-biriga yopishmaydi.
Va (qaylasi): qozonda yog’ini dog’lab piyoz solib jazlaysiz, uncha qizarib ketmay turib mayda,
‘chumchuq tili’ qilib to’g’ralgan go’shtni solasiz, kavlab qoyurib tursangiz seli chiqadi, ana shunda halqa qilib to’g’ralgan chuchuk garimdori, kubik (1×1×1 sm) shaklida to’g’talgan sabzi, somoncha to’g’ralgan turp (rediska), shpalcha 
to’g’ralgan baqlajon, qirqilgan karam, jandu,jusay, seldir va sarimsoq ko’kidan solib qozondagi masaliqning yuzidan biroz oshirib suv quyib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz, so’ng tuzini rostlaysiz. Agar sarimsoq ko’ki bo’masa sarimsoq donalarini mayda to’g’rab piyoz bilan birga yog’da jazlasangiz ham qaylasiga solib qaynatsangiz ham bo’ladi.Sirasini aytganda,cho’zma lag’mon sarimsoq bilan juda kelishadi.
Dasturxonga tortishda kosalarga xamirdan yarim-yarim solib, ustiga qaynoq qayla quyib keltirasiz.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr un , 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz olinadi;qaylasi uchun 500 gr go’sht, 300 gr yog’, 3-4 bosh piyoz, o’rtacha kattalikdagi 1 dona turp, 2 dona sabzi, 1 dona baqalajon, 300 gr karam, 3-4 dona chuchuk garimdori, yarim bog’lamdan jusay ,jandu, seldir va sarimsoq ko’ki, tuz esa ta’bga ko’ra solinadi.Lag’mon bilan qo’shib beriladigan sirka, lozijon va murch xo’randaning talabiga binoan ishlatiladi. 
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 7835 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Qo'y yog'ini kubik shklida to'g'rab eritasiz, jizzasini suzib olib yog'ini dog'laysiz-da, unga go'shtdan tozalangan bir bo'lak suyak tashlab yuborasiz. Suyak qizg'ish tusga kirguncha qovurasiz, bu - oshga qizil tus beradi. Suyakni olib tashlagandan keyin yoqqa parrak-parrak qilib to'g'ralgan piyoz solasiz va yahshilab qovurasiz. So'ngra lo'nda-lo'nda qilib to'gralgan go'shtni solib piyoz bilan birga qovurasiz. Piyoz qizg'ish tusga kirgach qozonga somon shakida qilib to'g'ralgan sabzi solamizda, bir oz tuz sepib aralashtirib qovurasiz. Sabzi tilla-sariq jigarrang tusga kirganda oshga solinadigan suvning yarmin quyib qaynatasiz. Zirvakka har hil ziravorlar va qizil qalampir solsangiz ham bo'ladi. Zirvakni uncha baland bo'lamagan olovda 20-25 daqiqa mildiratib qaynatasiz. Ayni paytda guruchni terib tozalab, sovuq yoki iliq suv builan 3-4 marta yuvib tayyorlaysiz. Guruchni ikki kaft orasida olib astalik bilan 1 necha marta ishqab yuvish kerak. Guruch qattiq ishqab yuvilsa maydalanib ketishi va palov lanj bo'lib qolishi mumkin. Guruchni qozonga bir tekis qilib solinganidan keyin o'choqdan cho'g'ni tortib olib alangani kuchaytirasiz va darhol guruchga suv quyasiz. Suv guruch betidan 1-1,5 sm ko'trailib tursin. Qozondagi ovqatning bir tekis qaynashi juda muhimdir. Aks holda palov "tirik" bo'lib qoladi. Gurunch hali suvni tortmay turib oshning tuzini rostlaysiz suvi tortilganidan keyin uni kapkir bilan o'rtaga qo'yib bir necha eriga dam cho'p suqib, yuzidagi suvni ostiga tushirasiz va yaxshi bug'lanishiga imkon berasiz. So'ngra oshni damlaysiz. Dam edirish vaqti gurunchning miqdoriga va sortiga bog'liq. Ushbu retsept bo'yicha 20-25 minut damlash kifoya qiladi (damgirni) olganda unga yopishgan suv tomchilari oshga tomib ketmasligiga rioya qiling. Oshni yaxshilab aralashtirasiz, agar guruch yaxshi dam eb bir biriga mushtlashib qolgan bo'lsa kapkirni orqasi bilan urib ajratib yuborasiz-da, katta chinni yoki sopol laganga solib suzasiz. Ustiga suyakli go'shtlarni chiroyli qilib solasiz. Bu palovga alohida ididshda "pomidor va piyozdan qilingan salat" yoki salatning hohlagan boshqa turidan birini tortasiz. 
Bunday palov uchun: 1-kg guruch, 500 gr go'sht, 250 gr yog', 500 gr sabzi, 4-5 bosh piyoz, bir choy qohig'ida zira, zirk, qizil qalampir kerak bo'ladi. Tuz esa damiga qarab solinadi
Pulingdan bir puling qolsa xam osh ye
Kuningdan bir kuning qolsa ham osh ye.
degan ekan kimdir .
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6793 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda farishtani ko'rish - tinchlik va xotirjamlik alomatidir. Vaqti kelib butun insoniyat baxtli yashaydi. Agar tushingizda o'zingizni farishta qiyofasida ko'rsangiz, bilingki, bunday tush sizning yaqinlaringizdan biri yordamingizga juda muxtoj va siz unga yordam bera olasiz. Tushingizda farishta sizni osmonga chorlayotgan bo'lsa, bunday tush siz yoki yaqinlaringizdan biriga og'ir kasallik xavf solayotganligidan ogoh etadi. Agar tushda farishtalar yashayotgan shahar ko'rinsa, bunday tush sizning hayotingiz kelgusida qandaydir sabablar bilan Tayvan deb ataluvchi ("Tayvan" - "farishtalar shaxri" degan ma'noni bildiradi) chiroyli davlat bilan bog'lanishidan dalolat beradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4039 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ma'lumki, armiya qudrat, muqarrarlik timsoli. Tushda o'zini armiyada xizmat qilayotganini ko'rish - ungda ishingizda jiddiy qiyinchiliklarni o'tkazish, ehtimol sizni juda qattiqqo'l va talabchan kishining ta'siriga tushib qolishishiz mumkinligini bildiradi. Ulkan qurolli armiyami tushda ko'rish bosqinchilikni, asoratga solishi ayon etadi. Agar tushingizda siz armiyaga xizmat qilishga chaqirilayotpsh bo'lsangiz - bu sizning uzoqda chuziladigan nizo qatnashchisi bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Dushmanlar armiyasi bilan jang qilish - mas'ul qarorga kalit alomatidir. Tushda mag'lub bo'lgan dushman armiyasini ko'rish – ungda o'zingiz ko'zlagan natijaga erishish uchun har ishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Agar sizning butun boshli armiyaga qumondonlik qilayotganligingiz tushga kirsa - bu, demak, atrofingizdagilarga o'zingizdagi imkoniyatlarning hammasini ishlatmayotganligingizni ko'rsatib qo'yish istagi sizni qamrab olganligidan dalolatdir. Tushingizda sizga armiya generali qo'mondonlik qilsa, ungda e'tiborli bir kishining sizga homiylik qilishiga ishonavering. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4209 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Bilingki, minora qudrat, hokimiyat timsolidir. Juda yo'qsaklikka chuzilgan, uchi chuqqili minorani tushda ko'rish -tush ko'ruvchining hokimiyat egasi bo'lishidan, biroq undan extiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi, shuningdek, o'zining kuchiga ortiqcha baxr berib, raqibining kuchiga yetarli baxr bermasligini, ta'sirining kamayib, ko'pchilikning qo'llab-quvvatlashidan maxrum bo'lishini bildiradi. Yaqinlashishning iloji yo'q minorani tushda ko'rish - juda muxim shaxs, siyosiy arbob yoki moliya magnata bilan uchrashuvdan dalolat beradi. Asosi mustahkam minora tushga kirsa, bu qudrat va katta e'tibor belgisidir. Emirilib borayotgan minorani tushda ko'rish siyosiy va boshqa yunalishlarda katta o'zgarishlar alomatidir. Qurolli kishilar tomonidan ishgol qilingan minorani tushda ko'rish katta e'tiborga ega turli lagerlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, ma'lum asoratlar qoldiradigan raqiblar o'rtasida ko'rash alomatidir. Shinakli minora tushga kirsa bu qo'rqitishga, so'zsiz buysunishga asoslangan hokimiyat timsoli, tajovuzkorlik belgisidir.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2519 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda aqlsiz odamni ko'rish - bunday tush boshqalarga xavf soladigan xatarni ularga nisbatan ancha oldin xabardor bo'lishingizdan dalolat beradi, binobarin, boshqa kishilarning taqdiri sizning harakatingizga bog'liq bo'ladi. Jinnini davolash - ungda baxtsizlik qurbonlaridan biri bo'lishdan dalolat. Agar tushingizda olomon tentakni mazax qilib turganini ko'rsangiz, bu sizning extiyotkorligingiz va ma'lumotlaringiz e'tiborga olinmasligi, natijada, faloqatning oldi olinmay, ko'p qurbonlar bo'lishini bildiradi. Agar tushingizda botqoqlikdan ketayotganingizni ko'rsangiz, bilib qo'yingki, o'ngingizda shaxsiy muammolarni xal qilishda kutilmagan to'siqlarga duch kelasiz. Botqoqda cho'kayotganingiz tushingizda ko'rinsa, demak, o'ngda do'stlaringizning xiyonatkorligi va sotqinligi tufayli qattiq iztirob chekasiz.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 3122 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Yog'och imorat yoki g'ula taxlami xokimiyat, beqarorlik, homiylik, hasadgo'ylik timsoli. Tushda yog'och imorat yoki g'ula taxlamini o'lchab ko'rayotgan bo'lsangiz - ungda o'z qaroringizning tug'riligiga shubxalanishingizni bildiradi. Agar tushingizda o'zingizni shoxona yog'och imoratda ko'rsangiz - qashshoqlik va notavonlikdan dalolatdir. Soxta do'stdan extiyot bo'ling. Boshida yog'och taxlamini ko'tarib turgan kishni tushda ko'rish - badavlat va e'tiborli kishining do'stligiga va homiyligiga ega bo'lishingizni bildiradi. Boshi bilan yog'och taxlamiga qulaganini tush ko'rish qora niyatli kishilarning fitnasi va hasad qilayotganligidan dalolat beradi. Baland joyda yotgan g'ula taxlami hokimiyatning ag'darilishini bildiradi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2869 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Vino alomati. Osuda hayot, xo'jalik, xotirjamlik, illat. Tushda boshqa oziq-ovqatlar bilan birga vino va uning yonida qurol yotganligini ko'rish - bu mamlakatda ajdodlar an'anasi - mexmondo'stlik ravnaq topib turarkan, tinchlik ham barqaror bo'lib turish alomatidir. Yaltiroq bokalda och pushtirang vinoni tush ko'rish - rasmiy xizmat xodimlari tomonidan ruxsat berilgan va hech kim shubxalanmasligi uchun tanish kishilar tomonidan uyushtirilgan yomonlik, aldov, zaharlab o'ldirishni bildiradi. Bunda, ayniqsa, o'ziga qarama-qarshi jinsdagi kishi bilan bo'ladigan "yoqimli" tanishuvdan extiyot bo'lish kerak. O'lkan toklarni va malla sochli baquvvat erkaklar tomonidan vino tayyorlanayotganligini tushda ko'rish - Germaniya bilan qon-qarindoshlik aloqasi borligini va ushbu tarixiy mamlakatga ketish imkoniyati mavjudligini, u yer da omad va eson-omonlik, moddiy serobgarchilik va mahalliy an'analarga rioya qilishlar ravnaq topishi kutayotganligidan dalolat beradi. Vino to'ldirilgan qadimiy katta ko'zalar tushga kirsa - tez orada sizning ongingiz va qalbingizni egallab oladigan masalani hal etishingizdan ko'ra muhimroq xislat haqida bosh qotirishingazga to'g'ri keladi, biroq, bu bor-yug'i o'tgan avlodlaringiz vakillari bilan aloqa o'rnatishingiz va shajarangiz haqida ma'lumot olishingiz mumkinligini bildiradi. Vinodan zaharlangan kishni tushda ko'rish, bu sizga shu kishi omad olib kelishi alomatidir. 2001 yildan boshlab tasodifiy baxt serobgarchiligiga tayyor turing. Vino daryo bo'lib oqayotgani va undan yovvoyi hamda uy hayvonlari ichib daryo qirg'og'ida kuchsizlanib yiqilayotganliklari tushda ko'rinsa, bu yoz mavsumida tadbirkorlik uchun har zamonda keladigan eng qulay payt alomatidir, chunki turli toifadagi kishilar tinchliksevarlik kayfiyatida bo'ladilar va o'zaro kelishib qarorlarini qabul qiladilar. Agar tushingizda oltin idishda vino ichayotgan bo'lsangiz, o'ngingizda o'zingizning xom xayollaringizga berilib ketib, haqiqiy dunyodagi aloqalaringizni yo'qotasiz. Tushingizda vinoni kiyimingizga t'okib yuborsangiz - o'ngda sizning moddiy farovonligingazga bog'liq bo'ltan kishiga nisbatan munosabatlaringizda aks etadigan uylamagan qarorga kelasiz. Agar vinoga chukib ketayotgan bo'lsangaz, bu majbo'riy yolg'izlikni ayon etuvchi tushdir. Tushingizda sizni vino bilan siylashayotganini ko'rsangiz - sizga faqat ziyon kelishi belgisidir va sizga yomonlik solishuvchilarga muvaffaqiyatsizligingizdan xursand bo'lishlari uchun sabab bo'ladi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2402 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)

Suv - hayot timsoli. Agar tushda katta shar ichida toza shaffof suv ko'rsangiz - bu tush qishloq xo'jaligi ishlariga ko'p foyda keltiradigan yaxshi ob-havo bo'lishidan darak beradi. Tushda suv ichayotib idishning tagidagi pashshaga ko'zingiz tushsa - bu o'ngda jamiyatning kayfiyatini, ertangi kunga ishonchini o'zgartirib yuboradigan sud jarayonini, sudlashishni yoki tuxmatni biddiradi. Suv ostida sayr qilish va delfinlar bilan suhbatlashish - bunday tush sizning ilgari millatga noma'lum bo'lgan yangi dunyoni ochishingizdan dalolat beradi. Kuchli mavjlanayotgan suvni tushda ko'rish - bu yangi kashfiyotlar va murakkab tajribalarni amalga oshirish uchun yangi ta'limot yoki fan, qulay davr vujudga kelganligining alomatidir. Qonli suvni tushda ko'rish Aqrab burji ostida ulug' inson bo'lib yetishadigan va o'zi haqida hammaga bildirib qo'yadigan kishi iyi o'lishidan dalolatdir.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 13808 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Bo'ri - shafqatsizlik, dovyuraklik, hayotga emas, o'limga ochiqdan-ochiq ko'rashish, erksevarlik va erkinlik timsoli. Agar bo'rini tulki bilan urishayotgani tushda ko'rinsa -bu uzoq, davom etadigan ochiq qarama-qarshilik alomatidir. Qora yungli bo'rini tushda ko'rish - bu o'zgaruvchan odamning kirdikori tufayli kupchilik tinch hayotining buzilishi va ularning bu balodan qutulish va yordam berishi uchun xudodan surashga majbur bo'lishlaridan dalolatdir. Qo'y terisidagi bo'rini tushda ko'rish - o'ngda xiyonatkor sherik tayyorlagan xufiyona qabixdik belgisidir. Bundan, ayniqsa, tovuq yilida extiyot bo'lish kerak bo'ladi. Odam qo'lidan ovqat olayotgan bo'ri - o'ngda minglab kishilarni uzoq vaqt qo'rquvda ushlab turtan manyak (savdoyi) ning qo'lga tushib hukm qilinishi va zararlansizlantirilishini bildiradi.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 7060 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Agar ochlikdan ko'p odam o'layotganligini tushda ko'rsangiz - bu bema'ni alomat. ehtimol kelgusida kishilar uchun qaytarilmaydigan asoratlarga olib keluvchy xodisalar ro'y berishi mumkin. Agar tushingizda qattiq ochlikni xis qilsangaz - o'ngda sizning obro'yingiz qarama-qarshi jins va kishining sizga keraksiz e'tibori tufayli xavf-xatar ostida qoladi. Tushingizda yaqin kishilaringizdan biri ochlikdan o'layotgan bo'lsa, o'ngda voqealarning kutilmaganda o'zgarib ketishi alomatidir. Agar tushingizda sizni kimdir ochdan o'lishdan saqlab qolayotgan bo'lsa - o'ngda siz o'zingiz kutmagan odamdan kutilmagan yordam olasiz.
 
.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2271 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Maqbara - bu davrlar bog'lanshni timsoli. Maqbaraning yemirilishini to'xtatish va bartaraf qilish - hayotiy muhim ahamiyatga ega sirga o'zingizni baxsh etuvchi bo'lishingizdan dalolatdir. Qabrni qidirish - bu o'tmish bilan bog'liq ma'naviyat tarkib topishi, o'zgarish, haqiqatning yuzaga kelishini ayon etadi. Bino o'rnida maqbara paydo bo'lganligini tush ko'rish yashash joyini o'zgartirishdan, boshqa mamlakatga ko'chib o'tishdan, ajdodlari o'tgan vatanga qaytishdan darak beradi. Olov bilan qurshalgan maqbarani tush ko'rish, bu jin-alvastilar bilan to'xnashish, ko'z tegishlardan saqlanish, kishilar ustidan haddan tashqari hukm yurgazayotgan qora kuchlarni yakson qilishga harakat qilishini bildiradi. Maqbarani suv bosgan holda ko'rish - nasl va nasablarga bog'liq sirlarning ochilishini va barcha tafsilotlarni aniqlashga qaratilgan uzoq safar oddinda turganligidan dalolat beradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2415 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Balchiq - boylik, qizg'in faoliyat, voqealarga to'lalik, g'iybatlar alomatidir. Tushda o'tib bo'lmas balchiqni ko'rish - bu kishilarning boshi va jismi omadsizlikdan darmoni qurigan nomunosib bir paytda yog'ilib keladigan quyuq bulut, ogir davr va kasalliklar belgisidir. Agar tushga balchiq bosib yotgan shahar kirsa - bu nafaqat moddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan, balki yo'lboshchilarning o'limi yoki ishdan bo'shatilishiga sabab bo'lib qoladigan tabiiy ofatlar, quyun dovulni bildiradi. Balchiqda yotgan tilla tangani tushda ko'rish - o'ngda ko'pdan-ko'p avlodlar tomonidan topilgan moddiy boylikni sarflovchi va o'z boshqaruvida cheksiz shuhratparastlikni namoyish etuvchi nomunosib kishining sajda qilishi va xurmatidan dalolat beradi. Tushda o'ziga balchiq chaplayotgan kishini ko'rish - o'ngda kishilarni qiynaydigan kasallik belgisi bo'lib, unga dori-darmon yo'qligi uchun va kishilar tabiiy kuchlar yordamida davolanish uchun shaharlardan ketadilar. Likopchadan balchiq ag'darayotganlikni tushda ko'rish - boylik va umuman gullab-yashnash, betashvishlik va ta'minlanganlik davri boshlanganligidan dalolatdir. Agar tushda bolalar balchiqda o'ynayotganliklari ko'rinsa, bu shaharlarning o'zlaridan hayot shakllarini yo'qotishi natijasida odamlarning tabiatga yaqinlashishni xoxlab qolganliklari belgisidir. Qo'ldagi loyni yuvishga urinish - bu katta pul, boylik, ishdagi omaddan dalolatdir. Agar tushingizda loyni bosib olganingizni ko'rsangiz - o'ngda sizning zaifligingiz xar xil ovozalar va uydirmalarga sabab bo'ladi. Balchiqqa qulab tushish - sizning uylamay qilgan harakatingiz yaqinlaringiz bilan janjallashuv sababi bo'ladi. Libosni balchiq bilan bo'lganishi - tuxmat va ig'vodan dalolatdir. Poyafzalingiz loy bo'lganligini tushda ko'rsangiz dushmanlik va oraga sovuqlik tushshini bildiradi. Vazmin bo'ling, janjalga kirib qolishingizdan extiyot bo'ling. Balchiqda bo'lgangan kiyimni yuvish - sizning obru-e'tiboringiz xavf-xatar ostidaligini bildiradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 3869 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda bo'sh ko'cha bo'ylab borayotganlik - haqiqiy hayotda siz nimanidir jon-jaxdingiz bilan yashirayotganligingiz belgisi. Bu bexuda. Faqat qandaydir odamning ishingizga aralashuvigina sizga yordam beradi. Tushda yo'l ko'rish - kelgusida siz buyo'q kashfiyot qilib, ko'p kishilarning xurmatini qozonishingizni bildiradi. Agar sizning yordamchilaringiz ko'p ekanligi tushga kirsa, bunday tush uncha uzoq vaqt utmasdan noma'lum, juda boy yer ochilishini bildiradi. Birvarakay uchta parallel yo'lni tushda ko'rsangiz, bu sizning aybingiz bilan avtomobil to'qnashuvi sodir bo'lishining alomatidir. Ushbu tushdagi 3 raqamini turli yo'llar bilan izoxlash mumkin: 1) u to'qnashuv paytida jabrdiydalar sonini anglatishi mumkin; 2) to'qrashuvda 3 ta mashina bo'lgan bo'lishi mumkin; 3) avariya chorraxada sodir bo'ladi. Tushda egri-bugri yo'lni ko'rish - bu sizning kelgusi xayotingiz barqaror bo'lmasligidir. Ehtimol bunday tush siz yashayotgan davlat xokimiyatining tepasida tajribasiz kishi turganligini biddiradi. Bu rahbar asta-sekin davlatni qulab tushishiga olib keladi, chunki u iqtisodiyot va siyosatda mutloq hech narsaga aqli yetmaydi. Tushda chang-tuproqli ko'chadan borayotganlikni ko'rish - kelgusida sizning bema'ni odamlar ta'siriga tushib qolishingiz, ular sizni o'z mazhablariga kirishga undab urinishlaridan guvoxlik beradi. Agar sizga tuproqda ko'chada ko'p kishilarni ketayotgani tush ko'rinsa, bu tush kelgusida dunyoda yirik va juda e'tiborli mazhab paydo bo'lib, unga iloji boricha ko'p kishilarni aldab jalb etishlarini bildiradi. Tushda tor ko'chani ko'rish - yaxshi alomat. Siz turli yo'ldan, garchi u boshqa kishilarning yo'lidan farq qilsa ham ketayapsiz. Bunday tush sizning porloq, o'ziga xos shaxs, o'z xayotingizda katta muvaffaqiyatlarga erishishingizdan shohidlik beradi. Agar tosh to'shalgan ko'chadan ketayotganingiz tushga kirsa, bu sizning kelgusida qandaydir yomonlik qilib, bundan butun umringiz davomida pushaymon qilishingizning alomatidir. Siz, hatto bu gunohingiz uchun do'zaxga tushishingizga ishonch hosil qilasiz. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 7317 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda quyuq tugun ko'rish - katta vulqon otilishidan darak beradi. Ehtimol bu otilishdan vulqonga yakin aholi punktlari zarar ko'radi. Agar tushingizga qora tugun kirsa, demak, vaqti kelib kishilarning katta qismi nikotinga butunlay qaram bo'lib qoladi. Tamakiga qaramlik shunday darajaga yetadiki, zo'rlab davolashga talab paydo bo'ladi. Agar tushingizda tutun ko'zingizni qoplab olgan va nafas olishingiz qiyinlashib borayotganini ko'rsangiz, bu yomon alomat. Ehtimol kelgusida katta yong'in sodir bo'ladi. Bu yong'inning tutunidan ko'plab odamlar jabrlanadilar ular nafas ololmay qoladilar. Bir necha hafta mobaynida ko'chada shubhasiz yurishning iloji bo'lmay qoladi. Tushsa dud bilan chiqayotgan tutunni kuzatish ekologik halokatdan dalolat. Shunday payt keladiki, erga kulrang bulut tushib, odamlarga og'ir kasallik olib keladi. Tush ko'ruvchiga ham bu alomat jiddiy dardga yo'liqishini biddiradi. Agar siz tushingizda alanga bilan chiqayotgan tutunni ko'rsangiz, uncha uzoq, bo'lmagan vaqt ichida yerga qattiq qurg'oqchilik xavf soladi, oqibatda ko'plab yong'inlar sodir bo'ladi. Sizga bunday tush vaqtingizni eski do'stlaringizni do'stona kechasida ajoyib tarzda o'tkazishingizni biddiradi. Ketayotgan poezdan chiqayotgan tutunni tushda ko'rish - o'ngda ko'plab kishilar jabr ko'radigan juda katta temiryo'l halokatini bildiradi. Bunday tush ko'ruvchini noxush sayohat kutadi. Ehtimol, yo'lda siz bilan qandaydir baxtsiz xodisa ro'y berar: bunda poezd izdan chiqib ketadi yoki samolyot portlab ketadi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1731 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Yakkashox - tozalik, donolik, poklanish, o'lim timsoli. Agar tushingizda yakkashoxni tutmoqchi bo'lib harakat qilayotgan bo'lsangiz, o'ngda sizning kuch-quvvatingiz yomonlikka qarama-qarshi qo'yilgan bo'ladi. Siz yakka shoxni ushlashga muvaffaq bo'lib, qo'lga o'rgatganingiz tushingizga kirsa, bu sizga yaqin kishining qalbi pok va dono ekanligini ayon etadi. Darg'azab bo'lgan yakkash shoxni tushda ko'rish - o'ngda uyatli qilmish ro'y berishidan dalolat. Yakka shoxni ta'qib qilayotgan kishini tushda ko'rish - bu kishining o'lim bilan mashu berkinmachoq uynashidan shohidlik beradi. Agar tushingizda oltin yakkashoxni ko'rsangiz - ma'naviy va jismoniy poklanish, mustahkam sog'lik timsolidir.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1766 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Temir - urush, qarama-qarshilik, dushmanlik, hokimiyat belgisidir. Boshi temirga mustahkamlangan kishini tushga kirishi - mamlakatda xokimiyatga intilayotgan mayda guruxlar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar boshlanishining belgisi. Qo'llarida xar xil temir qurollar bo'lgan bolalar tushingizda ko'rinsa - bu qullik, o'zga yurtlar tomonidan mamlakatni bosib olinishidan dalolat beradi. Temir zirxli xasharotni majaqlashga urinish - e'tiborga ega pastkash kishining o'z niyatlarini amalga oshira borishini, chunki u kundan-kunga o'z mavqeini yanada kuchliroq mustahkamlab borishini bildiradi. Agar tushda oltindan ko'ra temir qimmat baholanayotganligi ko'rinsa, bu tush avgust oyida vaqtincha tuzilgan sulxning aprel oyida barbod bo'lishini bildiradi va qurollarni shaylash kerak bo'ladi, chunki urushga tuda tayyorgarlikgina xar bir raqibning bosqin qilish niyatini tuxtatib turishi mumkin.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1978 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Sexrli hassa har kishining qat'iyat bilan harakat qilishi lozimligini va unga haqiqatning ochilishini bildiradi. Hassani ko'lda ushlab turish - falsafiy fikrlashi va dunyoqarashni bildiradi. Agar tushingizda sizni kimdir hassa bilan urayotgan bo'lsa - demak, xayotingizda bir kishi paydo bo'lib, sizning butun xayotingizni o'zgartirib yuboradi. Singan hassa hayotdan butkul ko'ngil sovishini bildiradi. Tushingizda o'zingizni tepalikda hassa bilan o'tirganingizni ko'rsangiz - hokimiyatga maxfiy intilishingizni bildiradi. Agar tushingizga hassa va g'ula taxlami kirsa, bu cheksiz Hokimiyatga ega bo'lishingizni bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1353 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Agar tushingizda marvarid taqinchoq ko'rsangiz - bunday tush yer yuzasida g'ayritabiiy manzara paydo bo'lishini, bunday manzaraning guvoxi bo'lganlarning odatiy turmushi butunlay o'zgarib ketishini ayon etadi. Tushida taqinchoqni ochib, uning ichida marvaridni ko'rish - bunday tush ko'plab kishilarning ruxiy xolatini jiddiy larzaga keltiruvchi kutilmagan voqealardan xabar beradi. Qirra marvarid tushga kirsa - bu qurqinchli alomat, qora kuchlar kelishi xavfi bor. Eng qurqinchlisi, odamlar gipnoz ta'sirida yoki jodu vositasida xech narsadan shubxalanmay yovuzlikka odob bilan xizmat qiladilar. Agar tushingizda noyob marvarid xarid qilsangiz - bu sizda o'lkan imkoniyatlar mavjudligini, kutilmagan paytda, to'satdan bo'ladigan o'zgarishlar ta'sirida namoyon bo'lishini bildiradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2049 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Qulf - qat'iyatsizlik, odamovilik, to'siqlar, qarshilik alomati. Agar tushingizda siz eshikni qulflayotgan bo'lsangiz, bu ruxan bexafsalaligingizni va muammolarni xal etishdan chekinishingizni bildiradi. Buzuq qulfni tush ko'rish - do'stlaringizdan birining xiyonat qilishidan dalolat. Tushda teshiksiz qulfni ko'rish - sizning o'zingizga haddan tashqari ishonishingizni, shuning uchun yaqin vaqt ichida muammolarni tezlikda xal etishga majbur bo'lmasligingizni bildiradi. Agar tushingizda boshqacha shakldagi qulfni ko'rsangiz - siz qiziq voqealarning shohidi bo'lasiz. Qulab yotgan qulfni tushda ko'rish - demak, o'ngda siz qandaydir sirni yoki bashoratni ochishingiz mumkin. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2376 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Yulduzlar olis istak, oliy bilimning belgisidir. Tushda uchayotgan yulduzni kuzatayotgan bo'lsangiz, bu baxtli hayotdan, barcha ezgu istaklaringizning, hatto o'zingiz ishonmagan xoxishlaringizning ro'yobga oshishidan bashorat qiladi. Agar uchayotgan yulduzlar ko'p bo'lsa, bunday tush kelgusida yer yuzasida kuchli do'l yog'ib, barcha qishloq xo'jaligi ekinlarini yakson qilishidan darak beradi. Yerdaga insoniyat yil bo'yi ocharchilik kechiradi. Tushda alvon yulduzlarni ko'rish - kelajakda Rossiyada xokimiyat tepasiga bir g'ayratli inson kelib, davlatni vayronalikdan ko'tarib, dunyodagi eng qudratli davlatga aylantirishni bildiradi. Alvon yulduzlar Kreml yulduzlarini bildiradi. Agar tushda ko'plab mitti yulduzlarni ko'rsangiz, kelajakda siz AKDIdan qandaydir ma'lumot olasiz. Ehtimol, bunday tush AKDIda ro'y beradigan voqea butun dunyoni larzaga keltirishi alomatidir. Agar siz tushingizda yulduzlar tomon uchayotgan bo'lsangiz, siz kelajakda boshqa sayyoraga boruvchi kosmik ekspedisiyaning ishtirokchisi bo'lasiz. Ehtimol, bu tush boshqa sayyorada hayot nishonasi mavjudligidan bashorat beradi. Tushingizda yorug' kun o'rtasida ko'ringan yulduzlarni ko'rsangiz - bu kelajakda xokimiyatga munosib kishilarning kelishi va ular tomonidan barcha davlatlar o'rtasida doimo tinchlik o'rnatilishiga erishilishidan dalolatdir. Barcha xalqlar totuvlikda yashaydilar. Tush ko'ruvchiga bunday tush obru-e'tiborli kishilar bilan tanishishini bildiradi. Agar sizga barcha yulduzlarning osmondan g'oyib bo'lishi tush ko'rinsa, bu qachonlardir koinotda jiddiy halokat yuz berishidan shohidlik beradi. Bunga yemirilib borayotgan Faeton sayyorasi sababchi bo'ladi. Uning parchalari ko'plab sayyoralarga aniq xavf soladi. Tushda suvdagi yulduzlar shu'lasini kuzatish - buyo'q kashfiyotni ayon etadi. Odamga uxshash tirik mavjudotlar yashaydigan noma'lum sayyora topiladi. Tush ko'ruvchiga bunday tush u shug'ullanayotgan soxada buyo'q kashfiyot yuzaga kelishini anglatadi. Tushda juda yorqin yulduzni ko'rish - quyosh yanglig' yulduzning topilishidan shoxidlik beradi. Aynan shu yulduz uzoq kelajakda yer kurrasini yoritadi. Agar tushingizda yulduzdan chiqayotgan sovuqlikni xis etsangiz - bu doimiy qish alomatidir. To'grirogi, shunday payt keladiki, yer yuzini bir necha ming yillar davomida muz qoplaydi. Osmonda yakkayu yagona, ammo juda yorqin yulduz tushingizga kirsa - bu o'n yildan so'ng sizning taqdiringiz boshqalarning ichidan ajralib chiqishini va yangi kashf qilingan sayyora kabi ahamiyat kasb etishini ayon etadi. Agar yulduzning qattiq uchayotgani tushingizda ko'rinsa - uylangan loyihaning juda kup yillardan so'ng ro'yobga oshishidan dalolatdir. Tushda yulduzlar uchayotgan joyda paydo bo'lish juda ko'pchilik to'satdan duchor bo'ladigan halokatdan dalolatdir. Tushda yangi yulduzni kashf etish – o'n marta oy to'lgandan keyin sizga' qattiq ta'sir ko'rsatadigan qandaydir xatar yuz berishini bildiradi. Yulduzli xaritalarni o'rganib, unga sayohat yo'nalishlarini belgilayotganlik tushga kirsa - bunday tush ekologik tanglik ko'chayishidan va alohida xavfli xududlardan kuchish ko'payishidan darak beradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2058 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Kuzgu - ikkiyuzlamachilik, sirlarning alomatidir. Tushda o'zingizni tasviringizni oynada ko'rsangiz - bu kutilmagan xabar olishingizdan dalolat. Agar siz tushingizda oynani sindirib qo'ysangiz o'ngda sizga yaqin kishining xiyonati tufayli tashvishli kunlarni boshsan kechirasiz. Tushingizda kuzgu tasvirida maxluqni ko'rsangiz, bu sizning va'dalaringiz munofiqligi va o'zingiz ma'naviy jihatdan tuban ekanligingizni ko'rsatadi. Sirti xira katta kuzgu tushga kirsa, bu fitna va tuxmat qurboni bo'lish alomatidir. Kuzguda o'z tasvirini ko'rmayotganlik - yomon alomat. Oyna oldida fol ochayotganlikni tush ko'rish - qurquv, shubha, o'z holicha qaror qabul qilaolmaslikni bildiradi. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2541 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ilon - odamning gunoxga botishi, yovuzlik, makkorlik timsolndir. Er ustida sudralib ketayotgan ilonni tush ko'rish - 2001, 2013, 2025 yillarda va siz ta'sirda bo'ladigan boshqa yillarda ehtiyot bo'lishingizni bildiradi. Aynan shu yillarda uy-joysiz va moddiy boyliklarsiz qolishdek xavf taxdid soladi. Tug'rirog'i, siz duchor bo'lgan musibatni bartaraf etishga ko'maklashuvchi qishi ham yoningizda bo'lmaydi. Odamga yaqinlashayotgan zaharsiz ilon tushingizga kirsa, yer qurrasidagi qudratli davlatlardan birining tepasida turgan odam zaif mamlakatga qarshi urush boshlamoqchi bo'ladi, biroq ayni vaqtda unga halaqit berish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi. Tush ko'ruvchiga bunday tush xavfni bartaraf etish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Agar tushingizda sizni zaharli ilon tishlasa - siz o'zingiz istamagan holda juda katta janjal sababchisi bo'lib qolishingiz mumkin, ehtimol sizning aybingiz bilan yoki sizning yaqinlaringizdan birini aybi bilan siyosiy o'zgarishlar bo'lib o'tadi. Tushingizda agar katta ilon kishi bo'ynini bug'ayotgan bo'lsa, demak, shu kishiga xatar xavf solmoqda. Qora, ulkan ilon tush ko'rinsa, bu beqiyos yovuzlikdan dalolat beradi. Xassaga o'ralgan ilon tushingizda ko'rinsa, haqiqatni yashirib turgan yovuzlikdan ayon etadi. Xalqalar bilan uralgan ilon tushga kirsa - bu sizga xufiyona yomon niyatdagi kishi borligidan dalolat beradi. Agar tushingizda sizga ilon xujum qilayotgan bo'lsa, demak, musibat va muxtojlikni boshingizdan kechirasiz. Tushingizda ilonni o'ldirsangiz - o'ngda dushmaningizdan qutilasiz. Bir necha boshli ilon tushga kirsa - ogoh bo'ling, siz g'oyat zo'r aldovning qurboni bo'lib qolishingiz mumkin. Tuman ichida yurib bo'lgan ilon shaklini tushda ko'rish - yadro xavfi belgisidir, balki yadro raketasi bo'lishi ham mumkin. Agar tushingizda ilon sizga qarab turganina his etayotgan bo'lsangiz, demak, sizga juda e'tiborli va shafqatsiz odamlar tiqilib qarayotgan bo'ladi. Tushda kulcha bo'lib yotgan ilonni ko'rish - o'ngda ig'vo va giybat qurboni bo'lish alomatidir.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 13838 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tishlar xayotiy quvvat, kechinmalar timsolidir. Tushingizda tishingizni qanday sug'urayotganliklarini ko'rish - o'ngda yaqinlaringizdan birini yo'qotishdan qo'rqayotganingiz belgisidir. Agar tushingizda tishingiz tushib ketsa - demak, sizning -beparvoligingiz va harakatsizligingiz maqsadingizni amalga oshirishga xalaqit berayapti. Tushda chirigan va yemirilaetgan tishlarni ko'rish - kasalliklarni, sog'likda muammolar paydo bo'lishlikni bildiradi. Og'zingazda tish o'rnida bo'shliqlar borligi tushingizda ko'rinsa - bu hayotiy quvvatni yo'qotib, erta qarishdan ogoh etadi. Og'riyotgan tish tushga kirsa - bu sizning shaxsiy muammolar bilan shug'ullanishingiz kerakligidan xabar. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4856 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Igna – ko'ngilni og'rishi, xaqorat, yashirin o'ch olish, makkorlik, belgisidir. Agar tushga yangi kon izlari bo'lgan igna kirsa - bu tush qarindoshlarning yomon niyat qilayotganliklaridan ogoh etadi. Juda uzun ip o'tkazilgan igna tushga kirsa - bu, bir kishining xech qanday saylovsiz xokimiyat tepasiga kelib, uzoq vaqt o'z xoxishlarini amalga oshirib, fuqarolarni o'ziga nisbatan xurmatda bo'lishiga erishishi alomatidir. Sochilib yotgan ko'p miqdordagi ignalarni tushda ko'rish - makkorlik, g'iybat va ig'vo hammani yoppasiga qamrab olishidan hamda bu ba'zi xushomadguy bo'lmagan shaxslarni xaloqatga olib kelishidan dalolat beradi. Tanasida pulat ignalar sanchilganligi ko'rinib turgan hayvon tushga kirsa, demak, inson o'zi shubhalanmagan odamdan dushman orttirib olishidan, u bilan ko'rashish oson bo'lmasligidan, chunki dushmanni tashqi tomoni yer axlining , odatdaga qiyofasiga o'xshamagan, ajratib olish qiyinligidan dalolat etadi. Agar kishi o'zidan ignalar chiqib turganini tushida ko'rsa, bu kelajakda odamlar ichidan shunday kungilli chiqadiki, u yer yuzini qoplagan yomonlik gunohini o'z o'limi bilan yuvmoq uchun o'zini qurbon qilishini bildiradi. Agar ignalar uchi bir-biriga qaratilgan holda "X" tarzda turganligi tushda ko'rinsa, bu alomat, o'n yil mobaynida odamlar yaxshi bo'lishga, yaxshi hayotga erishishga intilishlarini bildiradi. Kishi yuragiga sanchilgan ignani sug'irib olish -imkoniyat taraqqiyotini ancha ilgari suradigan ilmiy kashfiyotda bevosita ishtirok etishni ayon etadi. Tushda ignalar yomg'iriga tushib qolish - o'ngda qora kuchlarning faollashib, insoniyatning navbatdagi jiddiy sinovi boshdan kechirishga majbur bo'lishidan dalolatdir. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1851 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ikona ma'naviyat, oldindan ko'ra bilish, tavba-tazarru alomatidir. Tushda agar siz ikona oldida ibodat qilayotganingizni ko'rsangiz, demak, siz moddiy muammolarga ko'proq e'tibor berib, ma'naviyatni unutib qo'ymoqdasiz. Yig'layotgan ikonani tushda ko'rish - bema'ni alomat. Agar ikonani qo'lda ushlab turganingiz tushga kirsa, demak, siz ko'pdan buyon kutayotgan xabarni olasiz. Tushda siz ikona oldiga sham qo'yayotgan bo'lsangiz, ilgarigi xatolar uchun vijdon azobidan qiynalingingiz belgisi. Yiq'ilib yotgan ikona - mash'um xato timsoli. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 1213 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)

Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz