|
|
Qamoqxona erksizlik, odamovilik va yolg'izlik timsolidir. Tushda o'zingizni qamoqxonada tutkin holatda ko'rsangiz, demak, o'ngda siz o'ylaganlaringizni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qancha tadbirlar ta'siridan chiqa olmayapsiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan bo'lsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo bo'ladiki, sizning ustingizdan cheksiz xukmronlik qilish ehtimoli mavjud.Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda ko'rinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan bo'lsangiz, bu o'zgalar ta'siridan qutilish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda o'tirganligi namoyon bo'lsa, demak, siz o'z yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suiiste'mol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish - o'ngda siz zudlik bilan yolg'izlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi. |
Cherkov - madaniy yuksalish, ma'naviyat, ozodlik timsolidir. Tushda oltin gumbazli oppoq cherkovni ko'rsangiz - mamlakatda madaniyat, uning axloqiy va ma'naviy asoslari gullab-yashnashidan, umumiy birlashishidan dalolat beradi. Vayron qilingan cherkov tushga kirsa, bu kasallikni, ma'naviy azob chekishni bildiradi.Agar tushingizga sizning cherkov xizmatida ishtirok etayotganingiz kirsa, o'ngda vijdon azobini boshdan kechirasiz. Cherkov qurayotganlikni tush ko'rish - sizning intilishlaringiz va bilimlaringiz yuz karra munosib taqdirlashishiga ishora. Tushda cherkovni ilon urab yotganligini ko'rish - yomon alomatdir. Bu insoniyatga taxdid, chunki butun insoniyat boyliklari yovuzlik tomonidan yakson qilinadi. Agar tushingizda cherkov eshigiga qulf osigliq turganligini ko'rsangiz - extiyot bo'ling! Sizning odamoviligingiz va yolg'izlikka moyilligingiz sizga qadrli va yaqin kishini sizdan uzoqlashtirishi mumkin. |
Tushda katta pishgan olmani ko'rish - tez fursatlar ichida bu yo'q kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. Tush ko'ruvchiga esa bu tush kelajakda ko'plab kishilarning xurmatini kozonishidan darak beradi. Agar chirigan olma tushingizga kirsa - siz shug'ullanayotgan ish muvaffaqiyatsiz tugashini bildiradi. Olma yeyayotganligi tushingizga ko'rinsa - bu sizning taqdiringizga katta ta'sir etadigan go'zal ayol bilan uchrashishingizga ishora. Ehtimol, bu tush, kelgusida dunyo davlatlaridan birining tepasiga ayol kishi kelishidan va u butun dunyodagi qudratli davlatga aylantirishga muvaffaq. bo'lishidan dalolat berayotgandir. Agar siz tushingizda juda ko'p olma ko'rsangiz, bunda kelajakda olma shaklidagi g'alati meva mavjudligi aniqlanadi. Bu meva odamlarga sog'lik, va yoshlik baxsh etadi. |
Tuxum - yangi hayot vujudga kelishi, tiklanish alomatidir. Tushda tuxumdan qandaydir mavjudotning chiqib kelayotganligini kuzatish - tez fursatlar ichida siz yer yuzasida tirik mavjudotning paydo bo'lishiga guvoh bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Yosh xomilador ayollar shunday tush ko'rsa farzandini muvaffaqiyatli tug'ib olish alomatidir. Tushda g'ayritabiiy katta tuxum topib olish - kelajakda katta g'ayritabiiy xayvon tuxumi topilishini bildiradi. Ehtimol, bu qachonlardir qirilib ketgan dinozavrniki bo'lib chiqar. Agar tuxumni sindirganligingizni tush ko'rsangiz, bu tush sizni jinoyatga qo'l urishingizni bildiradi. Ehtimol, qandaydir tirik mavjudotning hayotiga zomin bo'larsiz. Agar kimdir tuxumni sindirganligini tushda ko'rsangiz, kelajakda beraxmlarcha qotillikning beixtiyor guvoxi bo'lib qolasiz. |
Kaltakesak - yovuzlikni, beraxmlikni, zo'ravonlikni namoyon etuvchidir. Chiroyli kaltakesakni tush ko'rish - xavfli odam bilan kelishuvda yashash, chap berib qutilishni bildiradi. Katta kaltakesak tushga kirsa - boshlanishi vaximali bo'lib ko'ringan nima bilandir yoki kim bilandir uchrashishingizdan darak beradi. |