Suv - hayot timsoli. Agar tushda katta shar ichida toza shaffof suv ko'rsangiz - bu tush qishloq xo'jaligi ishlariga ko'p foyda keltiradigan yaxshi ob-havo bo'lishidan darak beradi. Tushda suv ichayotib idishning tagidagi pashshaga ko'zingiz tushsa - bu o'ngda jamiyatning kayfiyatini, ertangi kunga ishonchini o'zgartirib yuboradigan sud jarayonini, sudlashishni yoki tuxmatni biddiradi. Suv ostida sayr qilish va delfinlar bilan suhbatlashish - bunday tush sizning ilgari millatga noma'lum bo'lgan yangi dunyoni ochishingizdan dalolat beradi. Kuchli mavjlanayotgan suvni tushda ko'rish - bu yangi kashfiyotlar va murakkab tajribalarni amalga oshirish uchun yangi ta'limot yoki fan, qulay davr vujudga kelganligining alomatidir. Qonli suvni tushda ko'rish Aqrab burji ostida ulug' inson bo'lib yetishadigan va o'zi haqida hammaga bildirib qo'yadigan kishi iyi o'lishidan dalolatdir.
|
Sexrli hassa har kishining qat'iyat bilan harakat qilishi lozimligini va unga haqiqatning ochilishini bildiradi. Hassani ko'lda ushlab turish - falsafiy fikrlashi va dunyoqarashni bildiradi. Agar tushingizda sizni kimdir hassa bilan urayotgan bo'lsa - demak, xayotingizda bir kishi paydo bo'lib, sizning butun xayotingizni o'zgartirib yuboradi. Singan hassa hayotdan butkul ko'ngil sovishini bildiradi. Tushingizda o'zingizni tepalikda hassa bilan o'tirganingizni ko'rsangiz - hokimiyatga maxfiy intilishingizni bildiradi. Agar tushingizga hassa va g'ula taxlami kirsa, bu cheksiz Hokimiyatga ega bo'lishingizni bildiradi. |
Kuzgu - ikkiyuzlamachilik, sirlarning alomatidir. Tushda o'zingizni tasviringizni oynada ko'rsangiz - bu kutilmagan xabar olishingizdan dalolat. Agar siz tushingizda oynani sindirib qo'ysangiz o'ngda sizga yaqin kishining xiyonati tufayli tashvishli kunlarni boshsan kechirasiz. Tushingizda kuzgu tasvirida maxluqni ko'rsangiz, bu sizning va'dalaringiz munofiqligi va o'zingiz ma'naviy jihatdan tuban ekanligingizni ko'rsatadi. Sirti xira katta kuzgu tushga kirsa, bu fitna va tuxmat qurboni bo'lish alomatidir. Kuzguda o'z tasvirini ko'rmayotganlik - yomon alomat. Oyna oldida fol ochayotganlikni tush ko'rish - qurquv, shubha, o'z holicha qaror qabul qilaolmaslikni bildiradi. |