Ashaddiy muxlisa Ulug‘bek Rahmatullaevga so‘nggi sovg‘asini hadya etgan bo‘lishi mumkin


Ulug‘bek Rahmatullaevning 10 yillik muxlisasi ohirgi sovg‘asini tashlab ketgan bo‘lishi mumkin.
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev 29 yanvar kuni o‘z tavallud ayyomini nishonlaydi. Tavallud ayyomiga bir necha kun bo‘lsada, u sovg‘alar qabul qilishni boshlab yubordi. Uning Instagramdag sahifasida yozib qoldirgan navbatdagi “posti” barchani ko‘nglini yig‘latgan bo‘lsa ajabmas.
Unda shunday yozilgan:
“Juda ham chiroyli sovg‘ani menga uzoq yillardan beri muxlis bo‘lib kelayotgan bir singlim in’om etdi. Garchand tug‘ilgan kunimga hali vaqt bo‘lsada, ammo shu sovg‘ani u vaqtliroq berdi. Sababi oldinda uni bosh miyasida katta operatsiya kutayotgan ekan. Shuning uchun u ushbu sovg‘a ohirgisi bo‘lishi mumkinliini aytib, tashlab ketdi.  Ollohdan unga shifo so‘rayman, bu sovg‘a menga juda qadrli. Bu muxlisam va singlim menga 10 yildan buyon e’tibor qilib keladi. Men juda minnatdorman. Ishonaman hali hammasi yaxshi bo‘ladi.”
Fursatdan foydalanib "Darakchi" tahririyati ham xonandaning ashaddiy muxlisasiga operatsiya muvafaqqiyatli o‘tishini tilab qoladi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ulug‘bek Rahmatullaev, Ashaddiy muxlisa
Просмотров: 2055 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz