Ulug‘bek Rahmatullaev: “uch yashar go‘dak meni yig‘latdi!”


Bu
inson juda ochiqko‘ngil, yaxshi suhbatdosh ekaniga suhbatlarimizda ko‘p bora amin bo‘lganmiz. U mashhurlik cho‘qqisida ham qalbidagi samimiylikni yodidan chiqarmaydi. Uning ijrosida yangragan qo‘shiqlar esa bugun nafaqat yoshlar, balki katta yoshdagi tinglovchilar ko‘nglidan joy olib kelmoqda. Ulug‘bek Rahmatullaev so‘nggi paytlarda aynan intervyu berish borasida kamnamo bo‘lib qolganini sezish qiyin emas. Biz ham uni tahririyatga taklif qilganimizda negadir ikkilandi. Buning sababini esa suhbat davomida bilib olish bilan birgalikda u bilan hayot, ijod va qolarversa  dunyo sodir bo‘layotgan voqealar haqida fikrlashdik.
- Siz bilan ko‘rishish, suhbat qilish avvalgidan ko‘ra biroz mushkul bo‘lib qolibdi. Intervyu vaqtini belgilashdan oldin  beriladigan savollarni avvaldan ko‘rib chiqishni talab qilayapsiz. Sabab?
- Birinchidan,  suhbatga biroz tayyorlanib olish uchun  imkoniyat bo‘ladi. Bilasizmi ba’zida jurnalistlar  shu darajada kutilmagan bo‘ladiki, unga javob berib bo‘lgandan keyingina aslida boshqacha javob berishim mumkin ekanligini tushunib yetaman. Avvaldan ko‘rib chiqilgan savolga aniq javob bersak suhbat ham shuncha qiziqarli bo‘ladi. Ikkinchidan esa so‘nggi paytlarda profesional bo‘lmagan jurnalistlar juda ko‘payib ketdi. Tayinli maqsadsiz suhbatga kelishadi. Bunisi ham mayli, suhbat chop etilgach, unda o‘zim  aytmagan gaplarni o‘qib qolaman. Hatto, ba’zida o‘zi bermagan savolga mening nomimdan soxta javoblar yozadimi-ey?  Bunday holatlar juda ko‘p uchragani uchun avvaldan savollarni ko‘rib olib keyin uchrashishga qaror qildim. Bir marta og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi deganlaridek bor ekan...
- Ayni kunlardan yangi konsert dasturingizga tayyorgarlik ko‘rayotganingizni ham bilamiz...
Aslida bizning ko‘pgina tinglovchilar ham Rahmattulaev konserti qanday yo‘nalishda o‘tishini bilishadi Hech qanday boshlovchisiz o‘zim ular bilan dildan gaplashib, qo‘shiq aytaman. Bu ham qaysidir ma’noda muxlislarim bilan o‘zaro yaqinlikni ta’minlaydi. Bu yil ham bu an’anadan chekinmaymiz. Zaldagilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib turaman. Har yilgidek kutilmagan yangiliklarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Asosan, hayotiy,  falsafiy mavzularga qo‘l urganman. Mumtoz adabiyot namunalariga  ham musiqa bastalab, tomoshabinlarga havola etamiz. Xullas, hammasiga ko‘rib, eshitib baho berishingiz mumkin.  
- Shou biznes olamiga endi qadam qo‘yayotgan yosh xonandalar ijodinipiar” – soxta shov-shuvlar bilan boshlashga odatlanib qolishgan. Ammo yillar o‘tgach ularning o‘zlaridan bunday harakatlarni  qoralab balandparvoz gapirayotganiga guvoh bo‘lamiz...
-Avvalambor o‘z  ijodimni gapiradigan bo‘lmsam. Men hech qachon yolg‘on, piar bilan mashhur bo‘lishni hoxlamaganman va bunday qilmaganman ham. Esimda jurnalistlardan biri “Ulug‘bek Rahmatullaev, Rossiya estradasi xonandasi  Dima Bilan bilan duet kuylamoqchi” degan gap tarqatgan edi. O‘sha ma’lumotdan keyin ko‘pchilikdan “qachon duet  eshitamiz, qachon pre’mera?” kabi  savollarni ko‘p eshitganman. Ularga qanday javob berishni bilmay noqulay vaziyatga tushib  qolganimni  yaxshi eslayman. Shuning uchun ham piar vaqtinchalik mashhurlikni beradi, deb hisoblayman. Ijodini piardan boshlagan,  vaqti kelib uni qoralayotgani ham  munosabatim juda yaxshi. Axir ular yolg‘ondan foyda yo‘qligini anglab yetishganining o‘zi katta gap.
Tasavvur qilaylik sizda sehrli o‘chirg‘ich bor. Hayotingizdagi qaysi davr yo qay bir xatoyingizni o‘chirgan bo‘lardingiz?
Har bir insonni hayotida boshqa odamga aytgisi kelmagan, biror  voqeadan hatto o‘zi ham uyalgan vaqtlari bo‘ladi. Shu o‘rinda menda ham bunday vaziyatlar bo‘lgani tabiiy. Yaqin kungacha hayotimda sodir bo‘lgan qaysidir voqeani eslasam, bekor shunday qilganman-da, hayolimdan ana shu kunlar o‘chib ketsa edi, degan o‘y bilan yurardim. Bugun esa biz hayotimizda yuz bergan har bir katta-kichik voqea  aslida biz uchun  katta maktab ekanligini bildim. Ana shunday kichik voqealar bizga katta  hatoliklarga yo‘l qo‘ymasligimizga undashini angladim. Shuning uchun sehrli o‘chirg‘ichim bo‘lgandan ko‘ra kelajakda meni qanday hatoga yo‘l qo‘yishim mumkinligini aytib turadigan maslahatchim  bo‘lishini afzal ko‘rardim.
Shou biznes olamidagi qaysi holatlar  jig‘ingizga tegyapti?
(Uzoq o‘ylanib) Men hozir aytmoqchi bo‘lgan gaplar   shou-biznesga qanchalik taalluqli ekanini bilmadim. Nazarimda bu barchaning o‘ziga bog‘liq. Aytmoqchi bo‘lganim, bugun to‘yga qim qaysi  qo‘shiqchini chaqirdi, kelgan mashhurlar soni nechta edi, singari  juda hunuk “bellashuv” ketyapti. Bu holatni  ko‘rib juda hafa bo‘lasak kishi. Aslida to‘y-hashamlarimiz  kelgan san’atkorlar  soni bilan emas davraning fayzi bilan qiziq. Bundan tashqari ko‘pchilik biz san’atkorlarga to‘ylarda ham jonli kuylashni talab qilishadi.  Ammo to‘y tashkilotchilari  bizga 5-10 daqiqagina vaqt  berishadi. O‘zingiz o‘ylang, berilgan bunday kam vaqt ichda qanday qilib biz musiqiy asboblarni sozashimiz mumkin? Bunga  alohida tayyorlanishimiz kerak-ku? Navbatda turgan san’atkorlar ham bizlarni tezlashtirish bilan ovora bo‘lishadi. Nazarimda bitta to‘yga ikkita  qo‘shiqchi chaqirilsa yetardi. Bu eng avvalo to‘ylarimizning ixcham, kamchiqim o‘tishini ta’minlaydi. Qolaversa, san’atkorlarning  xizmat qilish uchun ham, tayyorgarlik ko‘rishga ham vaqti yetarli bo‘lardi.  Bunday  tartibdan keyin to‘ylarda jonli kuylashimizni talab qilishsa yarashadi.
- Rejissyor sifatida qanday filmga qo‘l urgan bo‘lardingiz?
- O‘zbek kinosining eng mashhur rejissyorlaridan biri Rustam Sa’diev meni har gal ko‘rganda “qachon rozi bo‘lsang, sen uchun maxsus ssenariy yozib kinoga taklif qilardim, seni fransuz aktyorlariga o‘xshataman, birgalikda ham komik, ham ta’sirchan, yuki bor film suratga olardik” deb aytadilar. Yaqinda bir safarda ham yana bir ijodkor meni fransuzlarga o‘xshatdi. O‘sha payt o‘ylab qoldim, balki rostdan ham kinoda o‘zimni sinab ko‘rishim ham kerakdir? Agar o‘zim rejissyorligimda filmga qo‘l ursam Rustam akaning gaplarimdan g‘oyalaridan kelib chiqib, bir vaqtning o‘zida ham kuldirib, ham  yig‘latadigan asar yaratgan bo‘lardim.
- Demak, sizni katta ekranlarda ham ko‘rib qolishimiz ehtimoldan holi emas?
Ochig‘i, Rustam akani menga bu taklifni bildirganlarining o‘zi katta omad. Sababi bu rejissyor oddiy asarga qo‘l uradigan inson emas. Taklifiga rozi bo‘lishiim mumkin. Faqatgina kinodagi ishtirokimni ko‘rganlar “e, faqat sen  qoluvding  rol o‘ynamangan” degan fikrni eshitmasligimga amin bo‘lganimdan keyin ish boshlayman. 
- Ko‘p orzu qilasizmi?
- Men orzu emas, niyat qilaman. Bu ikkisining farqi katta. Nazarimda orzu qilgan insonning  mehnat qilgisi kelmaydi. Xuddi  ovqat yemasdan qorni to‘yishini istaydigandek. Yaxshi niyatning natijasi kutilgandek bo‘ladi. Hamma narsa niyatdan boshlanadi deyishadi-ku? 
- O‘zingiz haqingizda eshitgan qaysi ta’rifdan hursand bo‘lgansiz, qay biridan jahlingiz chiqqan?
- Meni yaqindan taniganlar “odamning kamchilik yutuqlarini hech o‘ylanib o‘tirmasdan gapirasan, kimgadir yoqish uchun ko‘zbo‘yamachilik qilmaysan”, deyishadi. Mana shu ta’rifdan xursand bo‘laman. Chunki haqiqatdan ham shundayman. Yoqmaydiganiga kelsak meni negadir uyquchi deb o‘ylashadi. Ayniqsa gastrol safariga birga borgan hamkasblarimdan “bo‘sh bo‘ldim deguncha, mashinada ketayotgan bo‘lsangiz ham uhlaysiz” deyishadi. Ularning bu ta’rifidan keyin o‘zimni dangasa deb o‘ylab qolaman. Aslida ish tartibimiz shuni taqozo etadi.  
- So‘nggi bor kimni hafa qildingiz?
- Hammaning ko‘nglini birdek topish qiyin. Xizmatlarda ham vaqt taqozosi bilan ko‘p qo‘shiq kuylolmasam, mehmonlar tinglashni istagan tarona yangramasa, biz uchun kuylab bermadingiz deb xafa bo‘lishadi. Agar menga bog‘liq bo‘lmagan holatda kimnidir ranjitgan bo‘lsam bu haqida o‘ylab siqilmayman. Chunki vaziyat mening ko‘limda emas edi. Lekin  kimnidir ongli ravishda  xafa qilsam, o‘sha inson meni kechirmaguncha vijdonim qiynalib yuradi.
Keyingi paytlarda  o‘g‘limni ko‘p hafa qilyapman. Mana ikki kundan beri Fayzulloh aytgan o‘yinchoqlarni olib borishni va’da beryapman-da, yodimdan ko‘tarilyapti. Bugun tongda ham u uyg‘onishi bilan mendan “aytgan o‘yinchog‘imni olib keldingizmi”, deb so‘radi. U mendan hafa bo‘ldi. Men esa o‘g‘limning kichik iltimosini ikki kundan buyon bajara olmayotganimdan rosa uyaldim.
- Sizni ta’sirlantirgan so‘nggi voqea haqida gapirib bera olasizmi?
- Bundan bir necha hafta oldin suriyalik Aylan ismli uch  yashar bolakay surati internet orqali butun dunyoga tarqaldi. Sho‘rlik bola ota-onasi, akasi bilan urush o‘chog‘idan qochaman deb, ajalga ro‘para bo‘lgan.  To‘g‘rirog‘i, otasi qayiqda ularni dengiz orqali Yevropaga olib o‘tmoqchi bo‘lganida, suvga g‘arq bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay to‘lqinlar uning jonsiz jasadini qirg‘oqqa opchiqib tashlagan.  Bu suratni ko‘rib ichim achidi. Beixtiyor ko‘zimga yosh keldi. Aynan shu holatdan  ta’sirlanib,  qanchadan-qancha rassomlar surat chizib, shoirlar she’r yozmadi deysiz. Shu surat asosida ishlangan fotokollajlarning birida murg‘ak jasad ustida yana bir bola “rahmat, dunyo” deb yozilgan sharni ko‘tarib turibdi... Dahshat! Bolakay bu dunyoga kelib 3 yil qisqa umri davomida nima ko‘rdi deysiz. O‘sha suratni ko‘rgan zahotim, arzimagan tashvishlar uchun noshukurlik qilishimiz, nolishimiz behuda ekanini, dunyoda tinchlik, xotirjamlikdan buyukroq ne’mat yo‘qligini angladim.
Kuni kecha yana bir voqea haqida o‘qidim. Urush bo‘layotgan yurtdan qochib ketgan qochoq yigit va qiz  oila qurishibdi va qochoq hamyurtlari uchun dasturxon yozib, ularni bir necha soatga bo‘lsa ham daxshatli urush taassurotlaridan uzoqlashtirishibdi. Ularning mana shu qilgan xayrli ishidan so‘ng umrimizni ezgulik va mehr-oqibat bilan o‘tkazishimiz kerakligi haqida o‘ylab qoldim. Bu voqea kim qanday rusmdagi mashina haydayapti, kimning imorati balandroq yo kimning to‘y oqshomi dabdabaliroq o‘tdi, degan o‘ylar bilan band bo‘layotganlarga o‘rnak bo‘ladi desam, adashmayman.
Ha, tinchlikning qadri o‘zgacha! Bizlar ana shu tinch, go‘zal va obod  yurtda o‘ynab kulib yashayotganimizga ming bor shukr qilsak arziydi!

 
Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ulug‘bek Rahmatullaev
Просмотров: 3344 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz