Shou-Biznesda Nima Gap?


Ulug‘bek Rahmatullaevning yangi qo‘shig‘i haqiqiy sevgining to‘ydan keyin uyg‘onishi haqida. Xonanda shu mavzu tarannum qilingan “Qirmizi olma”si ommalashishidan umidvor.
***
Hilola Hamidovaning shaxsiy hayoti omadsizlikka yuz tutdi. Biroq, uning g‘am-anduhlar girdobida qolish niyati yo‘q. Ijodini ko‘tarinki ruh bilan davom ettiryapti. Uning yangi qo‘shig‘i “Yorim meni sevadi” deb nomlanadi. Ayriliqdan keyin sevgi hissi kuchaygan ko‘rinadi. Hilolaga omad tilaymiz.
***
Alisher Ro‘zmetov “Janonim” qo‘shig‘iga ishlangan klipni ommaga taqdim qildi. Tomosha qilib, zavqlaning.
***
“Ko‘za”chi Mahmud Namozovning yangi qo‘shig‘i insoniyat uchun eng qadrli ikki mavzuning  biri haqida. Ha, to‘g‘ri angladingiz, bu mavzularning biri Vatan bo‘lsa, ikkinchisi, Onadir! “Ona” nomli qo‘shiqni bahorda tinglaysiz!
***
“E’tirof” taqdimotiga ko‘ra, “2015-yilning eng yaxshi ayol xonandasi” deya e’tirof etilgan Malika Egamberdiyev g‘azallar mulkining sultoni – Mir Alisher Navoiy ijodiga murojaat qildi. Xonanda bobokalonimizning “Qolmasun” g‘azali bilan ma’nan boy qo‘shiq kuylab, klip suratga oldirdi. Navoiyning tavallud kuniga munosib tuhfa!
 
Jasur HAMROYEV
Xurshid ShOMURODOV 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ulug‘bek Rahmatullaev
Просмотров: 2443 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz