Buxoroda “Yashil kompyuter” loyihasi amalga oshirilmoqda

Axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida davlat hokimiyati organlari, turli boshqarma hamda tashkilotlarda ma’lumotlarning butunligi, daxlsizligi va haqiqiyligini kafolatlaydigan raqamli elektron imzo joriy etildi. Viloyat hokimligi kompyuterlashtirish markazi tomonidan yaratilgan "Yashil kompyuter” loyihasi Jondor tumani hokimligida sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. — "Yashil kompyuter” tizimi hokimlik xizmat xonalaridagi barcha kompyuterlarning yagona server tizimida ishlashi asosida milliy himoyalangan va rasmiy elektron pochta xizmatlaridan oqilona foydalanish, xodimlarning ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hozirda "Yashil kompyuter”ni viloyatda keng joriy etish choralari ko‘rilmoqda, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Xudoyorov. Uning ta’kidlashicha, boshqarma va viloyat hokimligi huzuridagi kompyuterlashtirish markazi hamkorligida viloyat, tuman va shahar hokimliklari, tegishli boshqarma va tashkilotlarda har bir xodimning ish joyida internet tarmog‘idagi faoliyatini monitoring qilish maqsadida maxsus dasturlar o‘rnatilgan. "Axborot xavfsizligini ta’minlashda kompyuterlarni turli viruslardan himoya qilish maqsadida kafolatli, ya’ni litsenziyalangan antivirus dasturlaridan samarali foydalanilmoqda”, — deb qayd etdi Xudoyorov.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Buxoro, Yashil kompyuter
Просмотров: 1261 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz