Madaniyat vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Buxoro shahriga hokim bo‘ldi


 
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning sobiq birinchi o‘rinbosari Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 5-may kuni Buxoro shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

2020-yildan shu paytga qadar madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Nosirov Buxoro shahri hokimi lavozimiga tayinlangan.

Buxoro hokimi Botir Zaripov shahar hokimi O‘tkir Jumayev faoliyatiga baho berar ekan, Buxoro shahrida bunyodkorlik ishlar ko‘lamini kengaytirish, sanoat, turizm, qurilish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish borasida davlat rahbari tomonidan imkoniyatlar yaratib berilgan bo‘lsa-da, undan yuqori darajada to‘liq foydalana olmaganini bildirdi.
 

“Buxoro shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev o‘zining faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, talabga mos ravishda ishlay olmayotganini tan oldi. Boshqa ishga o‘tkazishlarini so‘rab, ariza bilan murojaat qildi. Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda bugun O‘tkir Jumayevni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladim”, — dedi Botir Zaripov.

Jamol Nosirov 1985-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 2005-yilda Buxoro davlat universitetini va 2008-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan. Hozirgi paytda Buxoro davlat universitetining iqtisodiyot va turizm fakultetida sirtdan ta’lim olmoqda. Jamol Nosirov mehnat faoliyatini Buxoro shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan. Viloyat hokimiligi va Buxoro shahar hokimligi apparatidagi mas’ul vazifalarda, viloyat yoshlar tashkiloti rahbari, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2015—2017-yillarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2020-yilning 22-aprelidan buyon Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

“Hammalaringizni ishontirib aytamanki, men Buxoro shahrini yanada rivojlantirishda, o‘z ishimga halol va pok vijdon bilan yondashishga, bamaslahat ishlashga, b



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: o‘rinbosar, Hokim, vazir, sobiq, birinchi, shahri, Buxoro, Madaniyat, bo‘ldi
Просмотров: 381 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz