O‘zbekiston 2013-yilda 200 mln dollarlik 186 ta grantni jalb etdi

2013-yilda O‘zbekiston umumiy qiymati 200,1 million AQSh dollaridan iborat 186 ta grantni jalb etdi. Bu haqda UzDaily Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Ushbu grantlarning 55,9 million dollarlik 59 tasi sogliqni saqlash sohasiga yonaltirilgan bolsa, 49,8 million dollarga teng 17 grant qishloq va suv xojaligi, 28,7 milliondan iborat 42 grant talim va ishchilar malakasini oshirish, kompyuter texnikasi sotib olish, dasturiy taminot ishlab chiqishga qaratildi.

Bojxona va davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini texnik jihozlash, mudofaa majmuasini jihozlash uchun 15,7 million dollarlik uchta grant ajratildi.

Shuningdek, 12,4 million dollarga teng grant ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya sohasiga jalb qilindi.

Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish (6,4 million dollarlik uchta grant), iqtisodiyot, sanoat, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirish (1,8 million dollarlik to‘rtta grant), energiyani tejash va energiyaning muqobil manbalarini joriy etish (1,5 million dollarlik uchta grant)ga ham grantlar ajratildi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun 1,4 million dollarga teng 6 grant, davlat xizmati organlarini moddiy-texnik jihozlash uchun 15 million dollarlik 5 grant jalb qilingan bo‘lsa, 25 million dollardan iborat qolgan 45 grant boshqa sohalardagi turli loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etildi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: O‘zbekiston, Dollar
Просмотров: 1321 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz