O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 2 tiyinga oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 23-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2851 so‘m 65 tiyin etib belgilandi. Bu 16-fevraldagi kursga nisbatan 5 so‘m 2 tiyinga ko‘p.
23-fevraldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3209 so‘m 75 tiyin (16-fevraldagi kursga nisbatan 74 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 437 so‘m 86 tiyin (16-fevraldagi kursga nisbatan 42 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 36 so‘m 97 tiyin (16-fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 16 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: rasmiy kurs, O‘zbekiston, Dollar
Просмотров: 1223 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:09
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz