Xorijdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga chalinsa qayerda davolanadi?

“Xalqaro tibbiy-sanitariya qonun-qoidalariga asosan, yuqumli kasallik qaysi davlatda qayd etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning sog‘liqni saqlash tizimi xizmati tomonidan davolash yo‘lga qo‘yilgan. Bemorni boshqa davlatlarga yuborish mumkin emas.

Agarda chegaradan o‘tish jarayonida aniqlansa, u yerdagi sanitariya-karantin postlaridagi tibbiyot xodimlari tomonidan kasallikda gumon qilingan bemorlar, fuqaroligi kim bo‘lishidan qat’i nazar, vaqtinchalik “izolyator”larga joylashtiriladi. Va tibbiyot muassasasiga telefon orqali murojaat qilib, belgilangan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga gospitalizatsiya qilinadi va o‘sha yerda o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, davolash tadbirlari davom ettiriladi”, dedi Bahrom Almatov.

 Eslatib o'tamiz O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 50 nafarga  yetdi. Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang.


Koronavirus qaysi davlatda qayd etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatda davolanadi. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov bugun, 24 mart kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Xorij, O‘zbekiston, Koronavirus
Просмотров: 651 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz