TATUning Samarqand filiali bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Samarqandda ikki yigitga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida soxta hujjat tayyorlab bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro Sh.ning ukasi va jiyaniga Qozog‘istondagi institutlarning birida 2020-yilning sentabr oyidan o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan. Evaziga 4 200 dollar so‘ragan.

Pullarni olayotganida Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Uning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Avvalroq Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10,5 ming dollar pul olgan ayol ushlangani, Toshkent irrigatsiya institutiga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olingani, Angrenda 3,5 ming dollar evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: bo‘lim, Dollar, Pora, boshlig‘, filiali, tatu, 3 ming, Samarqand
Просмотров: 644 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz