Premyera: Munisa Rizayeva - Vaqt (soundtreck)


Tez kunda Nodira Murodxo‘jayeva rejissyorligidagi “Vaqt” nomli kinokartina katta ekranlarga chiqish arafasida. Avval xabar berganimizdek, bu filmga Munisa Rizayeva saundtrek kuylagan edi. Hattoki, saundtrekni tasvirga tushirish jarayonidan ma’lumot ham berganmiz. Bugun bu saundtrek xalqimiz e’tiboriga taqdim etilmoqda. Mazkur musiqiy asarning so‘zi kartina rejissyori Nodira Murodxo‘jayeva qalamiga mansub.  Musiqasi ustida Mardon Otajonov ish olib borgan. Aranjirovkasi Jasur Badalboyevga tegishli.

Film rejissyori Nodira Murodxo‘jayevaning ma’lumotlariga qaraganda, bu qo‘shiqni xonanda ilk bor tinglaganida umuman yoqmagan va rejissyorning saundtrek kuylash taklifini rad etgan. Kompozisiyani qayta-qayta tinglagan sari Munisaga manzur kela boshlagan hamda  uni kuylashga rozi bo‘lgan. Bu musiqiy asar muxlislarga ham manzur kelishi shubhasiz. Hoziroq ushbu saundtrekdan bahra oling.


Категория: MP3 PREMYERA | Теги: Munisa Rizayeva, Vaqt
Просмотров: 1682 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:21
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz