Xonanda Munisa Rizayevani 18 ming dollar va 48 mln so‘mga chuv tushirishdi


Namangan viloyat prokuraturasiga 19-sentabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.S.dan ariza kelib tushgan.

U o‘z arizasida xonanda Munisa Rizayevaning vodiydagi konsertlari tashkilotchisi — A.E. ismli ayol uning ishonchiga kirib, 25-iyun kuni Namanganda, 26-iyun kuni Farg‘onada va 27-iyun kuni Andijonda o‘tkazilgan konsertlar uchun jami 18 ming dollarlik gonorar pullarini bermaganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, arizachi o‘z arizasida konsert tashkilotchisi nafaqat gonorar pullarini bermaganini, balki Namangandagi konsert uchun chiqarilgan 2400 ta chipta sotuvidan tushgan 48 million so‘m pulni ham “firibgarlik yo‘lib bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan”ini bildirgan.

“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda”, —  deyiladi IIV axborotida.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Munisa Rizayeva, 18 ming dollar va 48 mln so‘mga chu
Просмотров: 3704 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz