Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘ishi mumkin


O‘zbekistonning deyarli butun hududida 15-noyabrga qadar yog‘ingarchilik kutiladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 12—15-noyabr kunlari davomida butun respublikada yog‘ingarchilik kutiladi, shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 14—15-noyabr kunlari esa soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi -5…+5 daraja oralig‘ida, kunduzi esa +2…+12 daraja iliq oralig‘ida o‘zgarib turadi. Qolgan hududlarda havo harorati kechasi +3…+10 daraja, kunduzi esa +5…+15 daraja iliq oralig‘ida o‘zgarib turadi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 11—15-noyabr kunlari sel kelishi xavfi bor.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Qor, yog‘ishi mumkin, Xorazm, Qoraqalpog‘iston
Просмотров: 1332 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz