Ronalduning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoldi


Avval xabar berganimizdek, Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi uchrashuv (3:1) da qizil kartochka olganidan so‘ng jahl ustida hakamni turtib ketgandi va Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) Ronalduni maydonda qoidaga zid harakati uchun beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilgandi.

Real” klubi Krishtianu Ronalduning besh o‘yinlik diskvalifikatsiyasini qisqartirish ishini uddalay olmadi.

Ispaniya sport ishlari bo‘yo‘icha arbitraj sudi (TAD) madridliklarning appelyatsiyasiga rad javobini qaytargan va qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Superkubogi doirasida “Barselona”ga qarshi uchrashuv (3:1) da chetlatilganidan so‘ng, bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.

5 o‘yinga chetlatilgan portugaliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogining “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvi (2:0) va Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Deportivo”ga qarshi uchrashuvi (3:0) ni o‘tkazib yubordi.

Bundan tashqari Ronaldu “Valensiya”, “Levante” va “Real Sosedad” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda “Real”ga yordam bera olmaydi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: ronaldu
Просмотров: 1237 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz