Senga Oshiqman filmidagi Ishani endi o'zbek xonandasi klipida!


Xonanda va aktyor Sharof Muqimov o‘zining “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘i klipini o‘zbekistonliklarga Hindistonning “Senga oshiqman” nomli serialidagi Ishani obraz orqali tanish aktrisa — Radhika Madan ishtirokida ishlamoqchi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
Qayd etish joiz, “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilgan “Senga oshiqman” seriali juda mashhur bo‘lib ketgan. Xususan, serial ta’sirida ba’zi ota-onalar o‘z farzandiga Ishani deb ism qo‘ygani haqida ham xabar berilgan edi. Keyinroq, OAV monitoringi markazi “serial g‘oyasi xalqimiz mentalitetiga, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lib, uning mazmuni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi” haqida xulosa bergani ma’lum bo‘lgandi.
Ayni vaqtda, Sharof Muqimovning klipi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.
— Yangi klipingizda rostdan ham “Senga oshiqman” serialida Ishani rolini ijro etgan Radhika Madanni o‘ynatmoqchimisiz?
— Ha, shuni niyat qilganmiz. Klip “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘imizga ishlanadi. Klip voqealarining 50 foizi O‘zbekistonda, qolgan qismi esa Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan. G‘oya muallifi — rejissor Muzaffar Shams.
— Hindistonlik aktrisa klipingizda suratga tushishga rozi bo‘larmikin?
— Hindistonga besh marta borib, u yerdagi hamkorlarimiz bilan yaxshi aloqa o‘rnatganmiz. Bundan tashqari, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ham 100 foizlik va’da bergan. Hozirda shu masalani ijobiy hal qilish ustida ishlayapmiz.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sharof Muqimov, Ishani
Просмотров: 5752 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz