Shahzoda “Big apple music awards - 2016”da ishtirok etadi


Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon va xonanda Munisa Rizayeva joriy yilning 27 avgust  kuni Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan “BAMA music awards - 2016” taqdimot marosimida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Sal o‘tmay xonanda Shahzodaning ham ushbu taqdimot marosimida ishtirok etishi haqidagi xabarlar va afishalar paydo bo‘ldi. Shahzoda Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga soxta afishani joylashtirib, taqdimotda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotlar yolg‘on ekanini tasdiqladi.

Ayni damda 1-7 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyidagi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda 2016 yilning 23 sentabr kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Big apple music awards - 2016” taqdimot marosimida ishtirok etishini ma’lum qildi.

Demak, avgustda Sardor Rahimxon va Munisa Rizayeva Germaniyaga, sentyabrda esa Shahzoda Dubayga yo‘l oladi. Uchala xonanda ham tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ortga qaytmasdan, biror mukofotni qo‘lga kiritib, “yulduz” degan nomini oqlab kelishiga umid qilamiz.  


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shahzoda, Big apple music awards
Просмотров: 1428 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz