Toshkentda arxeologik yodgorlik bog‘ga aylantirilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida arxeologik yodgorlik o‘rnida noqonuniy qurilish ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Turizm va madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumani 17-mavze hududidagi Yunusobod Oqtepa arxeologiya yodgorligida fuqarolar tomonidan bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish maqsadida yengil turdagi konstruksiyali noqonuniy qurilmalar olib kelingani aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi va Madaniy meros agentligi tomonidan hudud yaqinida joylashgan noqonuniy qurilmalarning barchasi olib tashlangan. Qolganlari bo‘yicha tuman obodonlashtirish bo‘limi yordamida hududdan olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi tomonidan Yunusobod Oqtepa arxeologik yodgorlik hududida muqaddam “Oltin meros” xayriya fondining Toshkent shahar bo‘limiga murojaat qilinib, yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qurilgan har qanday noqonuniy qurilmalarni buzish, axlat va qurilish qoldiqlaridan tozalash talab qilindi hamda ishlar amalga oshirildi”, – deyiladi xabarda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: bo‘ldi, Toshkentda, aylantirilayotgani, bog‘ga, yodgorlik, ma’lum, arxeologik
Просмотров: 186 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz